
PSJ chaqqonroq chiqdi
PSJ sport direktori Leonardo "Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudigerning agenti bilan muzokara o‘tkazgan. Bu haqda "Bild" nashri yozmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, parijliklar Ryudigerni erkin agent maqomida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Mavsum so‘nggida futbolchining "arristokratlar" bilan amaldagi kelishuvi nihoyasiga etadi.
Eslatib o‘tamiz, himoyachi xizmatiga "Real", "Bavariya" va "Manchester Yunayted" jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. Joriy mavsum Antonio 15ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va shuncha golga assistentlik qilgan.
Fikrlar