“Real” hujumchisi operatsiya qilindi

  • 10.03.2026 17:50
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi hujumchisi Rodrigo Goes o'ng oyog'ining oldingi xoxsimon boylami va tashqi meniskining yorilishi bo'yicha operatsiyani muvaffaqiyatli o'tkazdi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Jarrohlik amaliyoti "Real" tibbiy xizmati rahbarligida o'tkazildi. Yaqin kunlarda Rodrigo reabilitatsiya ishlariga kirishadi.

Rodrigo Ispaniya chempionatining 26-turidan o'rin olgan "Xetafe"ga (0:1) qarshi o'yinda jarohat oldi. "Qaymoqranglilar" hujumchisi jarohat olganiga qaramay, o'yinni davom ettira oldi. Rodrigo 55-daqiqada "Santyago Bernabeu" maydoniga tushib, uchrashuv oxirigacha o'ynadi.

Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning hisobida uchta gol va oltita assist bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!