"Real" yozda sotib oladigan ikki futbolchini tanlab oldi

  • 06.03.2026 16:29
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi ikki nafar futbolchini yozgi transferlar bozorida sotib olishni maqsad qilgan.

Xabarlarga ko‘ra, "qirollik klubi" yaqinlashib kelayotgan transferlar oynasida markaziy himoya va tayan yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni ko‘zlamoqda. Manbaga ko‘ra, madridliklar asosiy nishon sifatida "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri va "Borussiya Dortmund" markaziy himoyachisi Niko Shlotterbekni tanlagan. "Real" ikki futbolchi uchun jamoa byudjetidan 100 million evroni aynan ikki futbolchiga sarflashga tayyor. Rodrining "Transfermarkt" portalidagi narxi 75 million evroni tashkil etadi. 26 yoshli Shlotterbekning nufuzli nashrdagi narxi 55 million evroga baholanmoqda. 

Ma’lumot uchun, "qaymoqranglilar" Ispaniya La Ligasida 2-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!