Ronalduning jahli chiqdi!
Avvalroq, "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriya doirasidagi "Jenoa"ga qarshi o‘yindan so‘ng futbolkasini erga uloqtirgani haqida yozgan edik.
"La Gazetta Delo Sport" nashrining xabariga ko‘ra, Ronaldu "Yuve"ning ayni damdagi darajasidan qoniqmayapti. Portugaliyalik hujumchi kechagi uchrashuvdan so‘ng, kiyim almashtirish xonasiga kirgan va musht bilan devorni urgan. Qolaversa, Krishtianu hech kim bilan gaplashmagan, dush qabul qilgach, uyga jo‘nab ketgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, 36 yoshli futbolchi mavsum so‘ngida turinliklar safini tark etmoqchi. Avvalroq, Ronaldu "Real"ga qaytishi to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.
Joriy mavsum hujumchi 27ta o‘yinda maydonga tushib, 25ta gol urgan hamda 2ta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar