Samarqandning "Dinamo" klubiga legioner kelmoqda

  • 06.01.2022 11:19
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Yangi mavsum Superligada qatnashadigan Samarqandning "Dinamo" jamoasi tarkibni kuchaytirishda davom etadi.

Bir necha kun avval serbiyalik mutaxassis Predrag Rogan jamoani boshqarishini ma’lum qilgandik. Endi samarqandliklar safiga legioner darvozabon kelmoqda. U ham serbiyalik.

Serbiyaning "Vojdovats" klubi darvozasini qo‘riqlagan Miloe Prekovich endi faoliyatini O‘zbekistonda davom ettiradi. Bu haqda "Vojdovats" klubi rasmiy saytida xabar berildi. Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu posbon yangi mavsum "Dinamo" sharafini himoya qiladi.

IMG_001-331-scaled-e1641340945237-1024x538

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!