Seten "Napoli"ga qarshi o‘yingacha "Barselona"dan ketishi mumkin

"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten La Liga 37-turi doirasida "Osasuna"dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi.

"Hafsalamiz pir bo‘ldi. Mag‘lubiyatga loyiq o‘ynadik, deb o‘ylamayman. Aslida, biz bilan shunday vaziyatlar boshqa ko‘plab o‘yinlarda sodir bo‘ldi.

Maydonning barcha chiziqlarini nazorat qila oldik, ammo raqib darvozasiga yo‘l topishni uddalay olmadik. Ehtimol, "Real" bilan kurashda shu sabab mag‘lub bo‘lgandirmiz.

"Napoli"ga qarshi o‘yinda ham "Barselona" murabbiyi bo‘lishga umid qilaman, biroq bunday bo‘lishini aniq ayta olmayman", - deydi Seten.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!