Shomurodovning "Roma"ga o‘tishi sobiq jamoasiga qancha daromad keltiradi?
Eldor Shomurodovning "Jenoa"dan "Roma"ga o‘tishi hamyurtimizning sobiq jamoasi - "Rostov"ga qancha daromad keltirishi ma’lum bo‘ldi.
Eurostavka tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik hujumchi “Jenoa”dan “Roma”ga o‘tgach, rus klubi transferdan keladigan pulning 15 foiziga egalik qiladi.
Agar rimliklar avval xabar berilganidek Eldorni 2,5 million evroga ijaraga olsa, u holda "Rostov" 375 ming evro ishlab oladi.
Agar "Roma" ijara muddati yakunlangach, Shomurodovni 17 million evroga to‘liq sotib olishga qaror qilsa, ushbu pullarning 1,5 millioni "Rostov"ga beriladi.
Eslatib o‘tamiz, “Jenoa” Shomurodovni 2020 yilning kuzida “Rostov”dan 7,5 million evroga sotib olgan edi.



Fikrlar