Turkiya bu safar Uelsga mag‘lub bo‘ldi (video)
Evropa chempionatining “A” guruh 2-turida Turkiya hamda Uels terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.
Bakudagi “Olimpiya” stadionida kechgan uchrashuv 2:0 hisobida uelsliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindagi gollarga Aaron Remzi (43') hamda Konnor Roberts (90') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar