"Turon" 5 ta gol urilgan bahsda "Sho‘rtan"ni mag‘lub etdi

O‘zbekiston Kubogi 1-turi doirasidagi "Turon" - "Sho‘rtan" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Mezbonlar tarkibida Xumoyun Murtozaev (dubl), Marlen Chobanov hamda  Rustamxon Azimov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, "Turon" vakili Mirzohid Mirzamahmudov avtogol muallifiga aylandi. Shundan so‘ng muxlislar o‘yinda boshqa gol ko‘rishmadi.

Shu tariqa, "Turon" dastlabki turda 3 ochko egasiga aylandi. G‘uzorning "Sho‘rtan" klubi ilk turda mag‘lubiyatga uchradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Жабборов Ахмаджон
09/04/2022 20:05
Молодец