"Valensiya" va "Selta" o‘zaro hujumchilar rokirovkasini amalga oshirdi

  • 14.07.2019 18:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

La Liganing ikki klubi - "Valensiya" va "Selta" o‘zaro futbolchi almashishdi.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra “ko‘rshapalaklar” o‘z hujumchisi Santi Mina evaziga “Selta” forvardi Maksi Gomesni olishgan. Gomes “Valensiya” bilan 5 yillik shartnoma imzolagan, Mina ham vigoliklar bilan xuddi shuncha muddatga kelishuv tuzdi.

Ma’lumot uchun, Gomes o‘tgan mavsum 36 ta o‘yinda o‘z hisobiga 13ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan edi. 45ta o‘yinda ishtirok etgan Mina esa 13ta gol hamda 6ta assistga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!