
"Vilyarreal" o‘z maydonida arang mag‘lubiyatdan qutulib qoldi (video)
Ispaniya La Ligasining 11-turida “Vilyarreal” o‘z maydonida “Kadis”ni qabul qildi.
Qiziqarli va gollarga boy kechgan o‘yin 3:3 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi. Shu kuni mezbonlar safida Pau Torres (43'), Bulaye Dia (80') va Arno Dandjuma (90+5') gol muallifi bo‘lgan bo‘lsa, mehmonlarning har uchchala golini ham Entoni Losano (14', 45+1', 52') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar