"Yuventus" so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

  • 25.10.2021 01:51
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

A Seriya 9-turidan o‘rin olgan "Inter" - "Yuventus" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi. 

Dastlab, 17-daqiqada Jeko hisobni ochgan bo‘lsa, asosiy vaqt tugashi arafasida Dibala penaltidan unumli foydalanib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. 

Ushbu natijadan so‘ng "neradzurri" hisobida ochkolar soni 19 taga etdi va ular Italiya chempionati turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. 15 ochkoga ega Turin klubi ayni vaqtda 6-o‘rinni band etib turibdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!