“Chelsi”ning qimmatbaho sotuvlari

  • 13 mart, 2017, 23:23
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘tgan safar siz aziz muxlislarni “PSJ”“Tottenxem”,  “Manchester Siti”, "Arsenal" va “Everton” jamoalari tarixidagi eng qimmatbaho sotuvlar bilan tanishtirgan edik. Bugun, mazkur turkumdan o‘rin olgan navbatdagi jamoa bilan sizlarni tanishtiramiz.  Demak, “Chelsi ”ning qimmatbaho sotuvlari.

5. Aren Robben – 24 mln funt

2004 yil “PSV”dan 12,1 mln funtga taklif etilgan Robben “Stemford Bridj”da 3 yil to‘p suradi. “Aristokratlar” safida jami 105 o‘yin o‘tkazgan gollandiyalik futbolchi “Chelsi” bilan Angliyada qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritadi. 2007 yilda esa “Real” uni 24 mln funt evaziga harid qiladi.

4. Romelu Lukaku – 28 mln

2011 yil “Anderlext”dan 17 mln funt evaziga xarid qilingan Lukaku “Chelsi”da umuman o‘zini ko‘rsata olmaydi. Uni avvaliga “Vest Bromvich”ga, so‘ngra “Everton”ga ijaraga berishadi. “Irislar” safidagi yorqin o‘yinlari sabab, “Everton” rahbariyati uni “Chelsi”dan 28 mln funtga sotib oladi.

3. Xuan Mata – 37,1 mln

2011 yil “Valensiya”dan 23,5 mln funtga sotib olingan Mata “Stemford Bridj”da 2,5 mavsum to‘p suradi va 2013 yilning qishida “MYu”ga borib qo‘shiladi. “Qizil iblislar” ispaniyalik futbolchi uchun “Chelsi”ga 37 mln funtni ayashmaydi.

2. David Luiz – 50 mln

Luiz “Chelsi”da 3 yil o‘ynaganidan so‘ng “PSJ”ga sotib yuboriladi. Albatta, parijliklar xotamtoy ekanligi barchaga sir emas. “PSJ” markaziy himoyachi uchun 50 mln funt to‘laydi. Ammo shuning barobarida uni ushbu mavsum avvalida 30 mln funt evaziga “Chelsi”ga qaytarishadi.

1. Oskar – 60 mln

“Chelsi” uni 2012 yil “Internasonal”dan 19,35 mln funtga sotib oladi. Ammo Oskar “aristokratlar” safida yildan-yilga kam o‘yinda ishtirok eta boshladi va bu mavsum umuman zahira o‘yinchisiga aylandi. Bunga toqat qilib tura olmagan Oskar esa Xitoyni ma’qul ko‘rdi. Oskar yangi jamoasiga tezda kirishib ketdi deyishimiz mumkin. Boisi, braziliyalik futbolchi OChLda “Shanxay SIPG” safida 3 ta o‘yinda 2 ta gol kiritishga ulgurdi.

Tavsiya etamiz: Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!