“Everton”ning qimmatbaho sotuvlari
O‘tgan safar siz aziz muxlislarni “PSJ”, “Tottenxem” va “Manchester Siti”jamoalari tarixidagi eng qimmatbaho sotuvlar bilan tanishtirgan edik. Bugun, mazkur turkumdan o‘rin olgan navbatdagi jamoa bilan sizlarni tanishtiramiz. Demak, “Everton”ning qimmatbaho sotuvlari.
5. Jek Roduell – 12 mln funt

Roduell “Everton” akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. “Irislar” safida 7 yil to‘p surgan Jek “Everton” safida evrokuboklarda dubyut qilgan eng yosh futbolchi sanaladi – 16 yosh 284 kun. 2012 yil esa “Manchester Siti” “Rodders” laqabiga ega bo‘lgan “Roduell”ni 12 mln funt evaziga sotib oladi. Ikki yil “shaharliklar” safida to‘p surgan Jekni “Sanderlend” 10 mln funt evaziga sotib oladi.
4. Joleon Leskott – 22

2006 yil “Vulverxempton”dan jami 5 mln funtga sotib olingan Leskott “irislar” safida 4 yil to‘p surgach, uni ham “Manchester Siti”ga pullashadi – 22 mln funtga. “Shaharliklar” bilan ikki bor APLda g‘olib chiqqan Leskott ham huddi Roduell singari bugungi kunda “Sanderlend”da to‘p surmoqda.
3. Ueyn Runi – 25,6

“Everton” akademiyasidan etishib chiqqan yana bir futbolchi. 2004 yil Aleks Fergyuson o‘z jamoasida 19 yoshli Runini ko‘rish uchun salkam 30 mln evro to‘laydi. Qayd etish joiz, Runi o‘zi uchun sarflangan pulni kamida 10 barobar qilib, qaytarishga ulgurgan.
2. Maruan Fellayni – 27,6

2008 yil Belgiyaning “Standart” klubidan 15 mln funt evaziga “Gudison Park”ka taklif etilgan Fellayni 6 mavsum davomida “irislar” safida to‘p suradi. 2013 yil esa o‘z ustozi Devid Moyes bilan “MYu”ga ko‘chib o‘tadi. Qayd etish joiz, “mankunianlar” belgiyalik futbolchi uchun ozmuncha pul to‘lashmagan – 27,6 mln funt.
1. Jon Stounz – 47,6

2013 yil “Barnsli” klubidan 3 mln funtga taklif etilgan Stounz “Everton” safida 3 mavsum to‘p suradi. Jumladan, 2014/15 yilgi mavsumda jamoaning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topiladi. Ingliz futbolining kelajagi deya e’tirof etilgan Stounzni Xosep Gvardiola o‘z jamoasida ko‘rish uchun “Everton”ga 50 mln evro berishga rozi bo‘ladi.
Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar