“Liverpul” sotgan qimmatbaho futbolchilar

  • 12 mart, 2017, 22:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

O‘tgan safar siz aziz muxlislarni “PSJ”“Tottenxem”,  “Manchester Siti” va "Arsenal" jamoalari tarixidagi eng qimmatbaho sotuvlar bilan tanishtirgan edik. Bugun, mazkur turkumdan o‘rin olgan navbatdagi jamoa bilan sizlarni tanishtiramiz.  Demak, “Liverpul”ning qimmatbaho sotuvlari.

5. Xabi Alonso – 30 mln funt

2004 yilning yozida Rafael Benites Alonsoni “Liverpul”ga taklif etadi. Albatta, uning Angliyaga ko‘chib o‘tishi uchun “qizillar” Alonsoning oldingi jamoasi – “Real Sosedat”ga yaxshigina pul to‘lashadi – 10,7 mln funt. “Enfild”da 5 yil to‘p surgan Xabi mazkur jamoa safida 200 dan ziyod o‘yin o‘tkazadi. Qayd etish joiz, Alonso “Liverpul” bilan faqat APLni qo‘lga kiritmagan, xolos. 2009 yilda esa “Real” Ronaldu, Kakalar bilan birga Alonsoni ham jamoaga taklif etadi. “Liverpul” esa Alonsoning transferidan 30 mln ishlab oladi.

4. Kristian Benteke – 32 mln

2015 yil “Aston Villa”dan 32,5 mln funt evaziga katta umidlar bilan olib kelingan Benteke muxlislar kutgan o‘yinni namoyish etib berolmaydi va bir yilgina “Enfild”da o‘ynagan belgiyalik hujumchini “Kristal Pelas”ga transfer qilishadi. Albatta, sotib olingan narhidan biroz kam summa evaziga sotib yuborilgan Benteke uchun “qizillar” turli bonuslar bilan 32 mln funt olishadi.

3. Raxim Sterling – 49 mln

17 yoshida “Liverpul”da debyut qilgan asli Yamaykada tug‘ilgan Sterling “qizillar”ning kelajagi deb e’tirof etilgan edi. Ammo 2015 yilda Raxim katta summa evaziga “Manchester Siti”ga borib qo‘shiladi va “Liverpul” muxlislarining nafratiga duchor bo‘ladi. Ammo “Liverpul” o‘z tarbiyalanuvchisining transferidan salkam 50 mln funt ishlab olganini e’tirof etish joiz.

2. Fernando Torres – 50 mln

2007 yil “Atletiko”dan 20 mln funt evaziga harid qilingan Torresni “qizillar”ning barcha muxlislari yaxshi ko‘rishar edi. Ammo 2011 yilgi qishgi transfer oynasining so‘nggi kunida “El Nino” 50 mln funt evaziga “Chelsi” safiga ko‘chib o‘tadi va u ham “qizillar” muxlislarining nafratiga duchor bo‘ladi.

1. Luis Suares – 75 mln

Ayni o‘sha kecha esa “qizillar” Torresning o‘rnini bosa oladigan Suares bilan shartnoma imzolaydilar. Urugvaylik hujumchi “Liverpul”ga 22,8 mln funtga tushadi. Ammo Suaresning xizmatlaridan salkam 4 mavsum foydalangan “Liverpul” uni 2014 yilning yozida 3 barobar qimmat narhga transfer qiladi.

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!