
EChL. Har bir bosqichdagi eng yirik hisoblar
Bundan rosa 10 yil oldin EChL chorak finalida Aleks Fergyuson boshchiligidagi “MYu” “Old Trafford”da Italiyaning “Roma” klubini 7:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Bu hisob chorak finallar tarixidagi eng yirik hisob sanaladi. Biz esa shu munosabati bilan EChLning barcha bosqichlari(Guruh, 1/8 final, chorak final, yarim final va final)dagi eng yirik g‘alabalar bilan sizlarni tanishtiramiz.
>>“Bunyodkor” Eronda qanday o‘ynagan?
>>Legionerlarimiz hafta davomida. 1 qism
>>Bu mavsum avotogol muallifi bo‘lgan 10 nafar yulduz futbolchi
Guruh bosqichi
“Liverpul” 8–0 “Beshiktosh”
06.11. 2007. 4-tur
2007/08 yilgi mavsum guruh bosqichida “Liverpul” o‘z maydonida Turkiyaning “Beshiktosh” jamoasi darvozasiga oz emas, ko‘p emas 8 ta to‘p kiritishning uddasidan chiqqan edi. Mazkur bahsda Yossi Benayun 3 ta, Piter Krauch xamda Rayan Babellar ikki, Stiven Jerrard esa bir marta turkiyaliklar darvozasini ishg‘ol etgan edilar.
“Real” 8 – 0 “Malme”
8.12.2015. 6-tur
O‘tgan mavsum Rafael Benites boshqaruvidagi “Real” o‘z maydonida “Malme” darvozasiga bor yo‘l topgan edi. Karim Benzema “xet-trik” qayd etgan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu “penta-trik”ka erishgan edi. Qolgan yagona gol esa Mateo Kovachich hisobiga yozilgan.
>>Madrid derbisi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
1/8 final
“Bavariya” 7 – 0 “Bazel”
13.03.2012. Javob bahsi
Bundan 5 yil oldin bo‘lib o‘tgan bellashuvda “Bavariya” “Bazel”dan har jabhada ustun kelgan edi. O‘shanda myunxenliklar safida Mario Gomes “poker”, Aren Robben esa “dubl”ga erishadi. Qolgan bitta golni esa Tomas Myuller kiritgan.
>EChL. “Borussiya Dortmund” – “Monako” uchrashuviga oid faktlar
“Bavariya” 7 – 0 “Shaxtyor”
11.03.2015. Javob bahsi
“Bavariya” 1/8 finalda juda sermahsul o‘yin namoyish etib keladi. Mana, bu mavsum ham Myunxen superklubi “Arsenal” darvozasiga ikki o‘yinda 10 ta to‘p kiritishning uddasidan chiqdi. 2015 yilgi 1/8 finalda esa “Shaxtyor” “Alyants-Arena”da zarracha imkoniyatga ega bo‘lmagan edi. Tomas Myuller mazkur bahsda “dubl” qayd etgan bo‘lsa, Boateng, Riberi, Badshtuber, Levandovski xamda Gyotselar ukrainaliklar darvozasini bir martadan ishg‘ol etishgan.
Chorak final
“Manchester Yunayted” 7–1 “Roma”
10.04.2007. Javob bahsi
Luchano Spalettining “Roma”si klub tarixidagi eng yirik mag‘lubiyatlardan birini aynan “MYu”dan qabul qilib olgan edi. Manchesterdagi bahsda Krishtianu Ronaldu xamda Maykl Kerriklar “dubl”ga erishadi. Alan Smit, Runi xamda Evralar esa mehmonlar darvozasini bir martadan ishg‘ol etadi. Bunga esa De Rossi faqatgina bir bor javob qaytaradi xolos.
Yarim final
“Bavariya” 4–0 “Barselona”
23.04.2013. Birinchi o‘yin
Bu o‘yinni “Barselona” muxlislari eslagilari kelmasa kerak, Yupp Xaynkes “sher” jamoani shakllantira olgan edi va Tito Vilanova jamoasini “eb qo‘ygan” edi. Myuller ushbu o‘yinda ham “dubl” qayd etgan bo‘lsa, Robben xamda Mario Gomeslar Valdes darvozasiga bittadan to‘p kiritishning uddasidan chiqadi.
“Bavariya” 0–4 “Real”
29.04.2014. Javob bahsi
Oradan bir yil o‘tib esa Xosep Gvardiola “Bavariya”ni “quyon yurak”ka aylantirib qo‘ygandek edi. Boisi, jamoa o‘z maydonida “Real”ga 0:4 hisobda imkoniyatni boy bergan edi. Mezbonlar darvozasiga Ronaldu xamda Serxio Ramoslar ikkitadan gol kiritib, madridliklarning finalga yo‘l olishini ta’minlagan edilar.
>>“Atletiko” va yana 5 ta Ronalduning La ligadagi sevimli jamoalari
Final
“Milan” 4–0 “Barselona”
18.05.1994 yil
EChL bahslarida “Barselona” darvozasiga 4 ta gol kiritish ilk bor “Milan”ga nasib etgan edi. Yana deng, finalda! Yarim finalda “Monako”ni ortda qoldirib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Fabio Kapello boshqaruvidagi “rossonerilar” finalda Yoxan Kroyff murabbiyligidagi “Barselona”ni rosa “po‘stagini qoqadi”. Afina shahri mezbonlik qilgan mazkur finalning dastlabki bo‘limida Daniele Matsarro “dubl”ga erishib, italyanlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limga kelib Deyan Savichevich xamda Marsel Desayilar tomonidan kiritilgan gollar hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirgan edi.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- “O‘zbekiston – Bahrayn o‘yinini eslab” yoxud Angliyada ham shunday xato bo‘ldi!
- Ahmedov Irismetovni quvib o‘tdi yoxud O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar