“Lester” va EChLdagi debyut mavsumida chorak finalga chiqqan 5 jamoa

  • 6 aprel, 2017, 22:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu mavsum Angliyaning “Lester” klubi ilk bor EChLda ishtirok etmoqda. Ammo jamoa ushbu nufuzli turnirda debyutant bo‘lishiga qaramay, chorak finalga qadar etib kela oldi. Quyidagi maqolamiz orqali esa xuddi “tulkilar” singari debyut mavsumida muvaffaqiyatga erishgan 5 jamoa haqida hikoya qilamiz.

Tecno

>>EChL. Tajriba ustunmi yoki yoshlik shijoati

>>Yana 5 ta gol… Yoxud “Napoli” tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar

>>Mourinoning talabiga javob bermagan “10 yulduz”

“Oser” – chorak final

Mavsum: 1996/97

1996 yil Frantsiya chempionatida g‘olib chiqqan “Oser” 1996/97 yilgi mavsumda EChLda debyut qiladi. Gi Ru boshqaruvidagi jamoa guruh bosqichida “Ayaks”, “Grassxopper” va “Reynjers” jamoalarini ortda qoldiradi. Pley-offda esa bo‘lajak champion – “Borussiya Dortmund”ga imkoniyat boy beriladi.

>>APL hujumchilari bitta golni necha daqiqada kiritishadi?

“Bayer” – chorak final

Mavsum: 1997/98

1997 yil Bundesligada ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan “dorishunoslar” EChLda o‘ynash huquqini qo‘lga kiritadi. Guruh bosqichida ikkinchi o‘rinni  qo‘lga kiritgan leverkuzenliklar ham “Oser” singari pley-offda bo‘lajak chempionga imkoniyatni boy beradi. Faqat bu safar  “Borussiya” emas, “Real” debyutant jamoaga to‘siq bo‘ladi.

>>Xalqaro Chempionlar kubogi turniri haqida

“Latsio” – chorak final

Mavsum: 1999/00

Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan “Latsio” EChLdagi debyut mavsumida guruhda “Bayer”, “Dinamo Kiev” xamda “Maribor” klublarini ortda qoldiradi. Ikkinchi guruh bosqichida esa  “Chelsi”, “Feyenord” va “Marsel” ortda qoldiriladi. Chorak finalda esa “burgutlar” bo‘lajak finalchi “Valensiya”ga imkoniyatni boy beradi.

“Vilyareal” – yarim final

Mavsum: 2005/06

EChLdagi ishtirokini uchinchi saralash bosqichidan boshlagan “sariq submarina” ushbu bosqichda “Everton”ni ortda qoldiradi va guruh bosqichiga yo‘l oladi. Guruhda esa “MYu”, “Benfika” va “Lill” klublari ortda qoldiriladi. 1/8 finalda ikkala o‘yinda ham g‘alaba qozona olmay turib, chorak finalga chiqqan “sariq suv osti kemasi” bu bosqichda nomdor raqib – “Inter”ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra ortda qoldirishga erishadi va yarim finalga yo‘l oladi. Biroq finalga bir qadam qolganida “Vilyareal” “Arsenal”ga imkoniyatni boy beradi.

“Malaga” – chorak final

Mavsum: 2012/13

Musobaqadagi ishtirokini so‘nggi saralash raundidan boshlagan “Malaga” yakunda chorak finalda to‘htagan edi. Saralashda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Panatinaikos” ortda qoldirilgach, jamoa “Milan”, “Zenit” va “Anderlext” bilan bir guruhga tushadi va ularning barchasini ortda qoldirib, pley-off yo‘llanmasiga ega chiqadi. 1/8 finalda esa Manuel Pellegrini jamoasi “Portu”ni ham musobaqadan chiqarib yuboradi. Ammo chorak finalda tarkibida Iskosi bor bo‘lgan “Malaga” “Borussiya Dortmund” to‘sig‘idan o‘ta olmaydi.

“Lester”  - …

Mavsum: 2016/17

“Lester ertagi”ning tom ma`nodagi yakuni bo‘lishi kutilgan ushbu turnirda “tulkilar” xamon kurashni davom ettirmoqda. Ko‘ramiz, ular qaergacha borishar ekan…

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!