Xalqaro Chempionlar kubogi turniri haqida

  • 2 aprel, 2017, 23:54
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ushbu yozda mavsum oldi turnir – Xalqaro Chempionlar ligasi bo‘lib o‘tadi. Quyidagi maqolamiz shu to‘g‘risida.

“Boka Xuniors”ning qimmatbaho sotuvlari

“Sevilya”ning qimmatbaho sotuvlari

Ishsiz yurgan top murabbiylar

29 iyulda esa Mayamida ushbu turnir doirasida “Barselona” va “Real” jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Eng qizig‘i ushbu o‘yinga chiqarilgan chiptalarning 46 mingtasi allaqachon o‘z egalarini topib bo‘ldi. Hozirda ushbu o‘yinga chiqarilgan eng arzon chipta 500 AQSh dollarini tashkil etadi. E’tiborlisi, “Real” va “Barselona” jamoalari 1982 yildan buyon ilk bor Evropadan boshqa qit’ada o‘zaro o‘ynashadi.

>>Terma jamoada sovrin yuta olmagan 10 yulduz

So‘nngi bor “ko‘hna qit’a”dan boshqa qit’ada, aniqrog‘i Kolumbiyada 1982 yilda “El Klassiko” bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda madridliklar Visente Del Boskening yagona goli evaziga g‘alaba qozonishgan edi.

>>“Real” akademiyasidan ham kuchli futbolchilar chiqadi

Turnir tashkilotchilari faqatgina “Klassiko” bilan cheklanib qolmoqchi emaslar. O‘sha kuni mashxur reper – Flo Rida va meksikalik pop-duet Jesse&Joylarning kontsertlari, shuningdek bir nechta VIP-kechalar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

O‘tgan mavsum ushbu turnirda 17 jamoa ishtirok etgan va o‘yinlar AQSh, Xitoy, Avstraliya va bir nechta Evropa mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan edi. O‘tgan mavsum musobaqadagi o‘yinlarni 800 ming muxlis bevosita stadiondan turib ko‘rishgan edilar.

>>“Tillari biyron” Pikedan o‘ziga xos iqtiboslar

Bu mavsum esa tashkilotchilar turnir saviyasini yanada oshirishga harakat qilmoqdalar. Turnir qoidalari biroz boshqacharoq. Har bir jamoa 3 tadan o‘yin o‘tkazadi va g‘alaba uchun 3 ochko beriladi. Agarda, asosiy vaqtda kuchlar teng kelib qolsa, o‘yin taqdiri penaltilar seriyasida hal etiladi va futbol “lotoreyasi”da g‘alaba qozongan jamoaga 2 ochko, penaltilarda yutqazib qo‘ygan klub esa 1 ochkoga ega bo‘ladi.

O‘tgan mavsum ham ushbu turnirda ishtirok etgan “Barselona”, “Bavariya” va Manchesterning ikki jamoalari turnirdagi  ishtiroki uchun 4 mln evroga ega bo‘lishgan edi. “Chelsi”, “PSJ” va “Yuventus” esa 3 mln evroni qo‘lga kiritishga erishganlar.

>>Futboldagi abadiy do‘stlar

Turnir tashkilotchilari “Relevant Sports” agentligidir. Uning asoschisi esa NFLdagi “Mayami Dolfins” klubi egasi, milliarder – Stiven Rossdir. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra uning boyligi 7,4 mln evroga baholangan.

So‘nggi so‘z o‘rnida shuni ta’kidlashni istar edim, bu turnir o‘tkazilishidan hamma birdek, manfaat ko‘radi. Tashkilotchilar mo‘may daromadga ega bo‘lishsa, klublar mavsum oldidan kuchli sparring-raqib bilan o‘ynashdan tashqari ular ham yaxshigina pulga ega bo‘lishadi. Olis yurtlardagi muxlislar esa o‘zlarining sevimli jamoasining o‘yinlarini bevosita stadiondan kuzatish imkoniga ega bo‘lishadi. Ana shunaqa!

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!