“Boka Xuniors”ning qimmatbaho sotuvlari

CHERY AUTO

O‘tgan safar siz aziz muxlislarni “PSJ”“Tottenxem”,  “Manchester Siti”,"Arsenal"“Everton” va "Chelsi" jamoalari tarixidagi eng qimmatbaho sotuvlar bilan tanishtirgan edik. Bugun, mazkur turkumdan o‘rin olgan navbatdagi jamoa bilan sizlarni tanishtiramiz. Demak, “Boka Xuniors”ning qimmatbaho sotuvlari.

Tecno

“Sevilya”ning qimmatbaho sotuvlari

Ishsiz yurgan top murabbiylar

Terma jamoada sovrin yuta olmagan 10 yulduz

5. Jonatan Kaleri – 12 mln evro

Kaleri Argentina futbolining kelajagi sifatida e’tirof etilmoqda. Jonatan “Oll Boyz” jamoasi tarbiyalanuvchisi sanaladi va 2014 yilda “Boka Xuniors” safiga kelib qo‘shiladi. Hozirda “Vest Xem”da to‘p surayotgan futbolchi 12 mln evro evaziga Urugvayning “Deportivo Maldonado” klubiga transfer qilinadi.

>>“Real” akademiyasidan ham kuchli futbolchilar chiqadi

4. Karlos Teves – 15 mln

Karlos “Boka Xuniors”ni ilk bor 21 yoshida tark etadi. 2005 yilda “Boka”ni “Korintians”ga almashtirgan Teves 15 mln evro evaziga faoliyatini Braziliyada davom ettirasigan bo‘lgan edi.

>>“Tillari biyron” Pikedan o‘ziga xos iqtiboslar

3. Valter Samuel – 17,5 mln

Samuel 1997-2000 yillarda “Boka Xuniors”da to‘p surgan va jamoa safida 103 bahsda maydonga tushib, 5 ta gol kiritishga erishadi. Buenos-Ayresdagi 3 yillik faoliyatidan so‘ng esa uni “Roma” 17,5 mln evro evaziga harid qiladi.

>Janubiy Koreya klublarida to‘p surgan o‘zbek futbolchilari

2. Ever Banega – 18 mln

Banega “Boka Xuniors” akademitasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Banega 2008 yilda “Valensiya”ga transfer qilinadi. Vaholanki, o‘sha vaqtda Banega "Boka"da 28 ta o‘yin o‘tkazgan va endigina 20 yoshga to‘lgan edi. Transfer amalga oshganidan 8 kun o‘tiboq Banega “ko‘rshapalklar” safida debyut qilgan edi. Dastlabki mavsumda yangi jamoasida safida 12 ta o‘yin o‘tkazga argentinalik futbolchi jamoasining Ispaniya kubogida g‘olib chiqishiga o‘zining katta xissasini qo‘shgan edi.

>>Futboldagi abadiy do‘stlar

1. Fernando Gago – 20,5 mln

Gago ham “Boka Xuniors” akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. 2004-2007 yillard davomida jamoa safida 81 o‘yin o‘tkazgan Gago uchun “Real” rahbariyati qishki transferlar vaqtida Gagoni Iguain bilan birga sotib oladi. Jumladan Fernando uchun “blankoslar” 20,5 mln evro evaziga harid qiladi. Uning yangi jamoasidagi debyuti esa 7 yanvarda amalga oshgan edi. Umuman olganda Gago “Real” bilan Ispaniyada qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritishga erishgan.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!