Kunkabaev Jalolovdan alamini olish yo‘lini topganini aytdi

  • 10 sentabr, 2023, 09:09
  • 0
  • Boks

Joriy yilning 23 sentyabr – 8 oktyabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida yozgi Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladi. Bu musobaqa qator sport turlari bo‘yicha 2024 yili bo‘ladigan  yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beradi. Xususan, osiyolik bokschilar Xitoy ringlarida  Parij Olimpiadasi litsenziyasi uchun kurashadi.

Sports.kz sayti qozog‘istonlik mashhur bokschi Qamshibek Kunkabaev bilan bo‘lajak musobaqaga tayyorgarlik haqida suhbat qildi. Suhbat chog‘ida gap Qamshibekning ashaddiy raqibi Bahodir Jalolovga ham taqaldi.

maxresdefault_1

Sports.uz portali ushbu intervyuni o‘zbek boksi muxlislari e’tiboriga havola qiladi.

- Qamshibek, o‘z oldingizga qanday maqsadlarni qo‘ygansiz?

- Oldindagi maqsadim Xanchjoudagi Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli qatnashish va Parijdagi Olimpiadaga yo‘llanma olishdan iborat.

- Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik qanday kechyapti?

- Tayyorgarlik juda yaxshi o‘tyapti. “Akbulak” olimpiy markazida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazdik. Bosh murabbiy Mirzagali Kulanovich va murabbiylar shtabi bilan juda sifatli tayyorgarlik ko‘rdik. Hammasi rejadagidek bo‘ldi. Bu mehnatlar bekor ketmaydi, Osiyo o‘yinlarida natija beradi va biz barcha ettita olimpiya litsenziyasini qo‘lga kiritamiz, deb umid qilaman.

- Xanchjouda ham, Parij Olimpiadasi ham yo‘lingiz Bahodir Jalolov bilan kesishadi. Bu raqibga qarshi jang uchun qandaydir taktikalar ishlab chiqdingizmi?

- Ha, katta ehtimol bilan u bilan to‘qnash kelamiz. Terma jamoa bosh murabbiyi va murrabiylar shtabi, mening shaxsiy murabbiylarim bilan hamkorlikda jangda g‘alaba qozonish imkonini beradigan yangi taktika ishlab chiqdik. Uni hozir ochmayman. Hammasini ringda ko‘rasizlar.

- Bahodir Jalolov so‘nggi janglarda nima evaziga sizdan ustunlik qilyapti?

- Bahodir bo‘yining balandligi va qulochining kengligidagi ustunliklaridan juda unumli foydalanyapti, deb o‘ylayman. Yangi taktikani shundan kelib chiqib, ishladik. O‘ylashimcha, bu bizga g‘alaba keltiradi.

- O‘ta og‘ir vaznda Bahodir Jalolovdan boshqa yana kimlarni asosiy raqobatchi deyish mumkin?

- Bahodir bilan juda ko‘p to‘qnash kelayotganim bois, hammaga mening boshqa raqobatchim yo‘qdek tuyulmoqda. O‘ta og‘ir vazn toifasda butun dunyoda jiddiy raqiblar bor va shuning uchun ham bo‘lajak musobaqalarga qattiq tayyorgarlik ko‘ryarmiz.

- Professional ringdagi faoliyatingizni davom ettirasizmi?

- Ha, professional ringdagi ishtirokimni ham davom ettiraman. Lekin hozir bor e’tiborimni Parijdagi Olimpiya o‘yinlariga qaratganman. Shu bois, professional janglarda qatnashmayapman.

- Professional ringdagi maqsadingiz qanday?

- Professional boksda ham o‘z oldimga eng yuksak maqsadlarni qo‘yganman. Qozog‘istonda har doim professional boksda jahon chempionlari bo‘lgan. Lekin multaq jahon chempioni bo‘lish hech kimga nasib qilmagan. Mn ana shunday yutuqqa erishmoqchiman va bu professional boksdagi asosiy maqsadimdir.

maxresdefault

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabaev havaskorlar boksida sakkiz yil davomida o‘zaro raqobatlashib kelmoqda. Dastlabki ikki jangda ustunlik qozoq bokschisi tomonida bo‘lgan. Biroq, keyingi yillarda hamyurtimiz raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmayapti. Ayni paytda ular o‘rtasidagi umumiy hisob o‘zbek bokschisi foydasiga 6:3 ko‘rinishiga kelgan.

Meksika to‘qnashuv oldidan O‘zbekistonning ikki qurolidan xavotirda: Biri Shomurodov, ikkinchisi...

Frantsiyada o‘zbek futbolchilarini kuzatishyapti

Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...

Italiyalik muxlislar Shomurodovni muhokama qilmoqda: yaxshi gap ham, tanqid ham etarli!

Husanov jamoasi haqida hayratlanarli fakt!

Shomurodov transferi o‘zini oqlaydimi?

Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!