
Frantsiyada o‘zbek futbolchilarini kuzatishyapti
FIFA kunlari munosabati Evropa klublarida o‘ynayotgan futbolchilar o‘z mamlakatlari terma jamoalariga jalb qilingan.
Kuchli beshlik chempionatlaridagi ikkinchi vakilimiz – “Lans” markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan O‘zbekiston terma jamoasiga taklif qilindi.
Bu jamoa 23 yoshgacha futbolchilar ishtirokidagi Osiyo kubogining saralash bosqichida qatnashmoqda. Futbolchilarimiz E guruhidagi birinchi tur uchrashuvini Toshkentda Afg‘oniston vakillariga qarshi o‘tkazib, bellashuvni 8:1 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.
Evropalik mutaxassislar Abduqodir Husanov tufayli terma jamoamiz o‘yinlarini kuzatib bormoqda.
Xususan, “Lans” klubi faoliyatini yoritishga ixtisoslashgan https://www.lensois.com sayti Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan o‘yinlari kuzatib bormoqda.
Abduqodir Husanov 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirokidagi Osiyo chempionatining saralash uchrashuvida O‘zbekiston jamoasining Afg‘oniston ustidan 8:1 hisobidagi g‘alabasiga bevosita guvoh bo‘ldi. “Lans” vakili boshlang‘ich tarkibda yo‘q edi. Endi uni oldinda shanba kuni Gonkong va keyingi seshanba Eronga qarshi bahslar kutib turibdi, - deb yozadi https://www.lensois.com sayti.
Darhaqiqat, murabbiylar shtabi Frantsiyada o‘yin amaliyotisiz qolayotgan 19 yoshli himoyachini boshlang‘ich tarkibga kiritmadi. Biroq, Husanov ikkinchi bo‘limda maydonga tushib, yarim soatdan ko‘proq vaqt mobaynida harakat qildi.
Frantsiya chempionatida hozircha ishlari yurishmayotgan “Lans” turli mamlakatlar terma jamoalariga 11 nafar futbolchisini safarbar qilgan.
Shular qatorida Abduqodir Husanov AQShda yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga emas, balki 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar jamlangan Olimpiya terma jamoasiga jalb qilindi.
Bu jamoa oldiga Osiyo kubogigi chiqish vazifasi qo‘yilgan. Final turnir 2024 yilning 15 aprelidan 3 mayigacha Qatarda tashkil etiladi.
23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi 2024 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga saralash musobaqasi vazifasini ham o‘taydi. Qit’a miqyosidagi musobaqada kuchli uchlikdan joy olgan terma jamoalar olimpiya litsenziyasini qo‘lga kiritadi.
To‘rtinchi o‘rinni egallagan jamoa esa, to‘rt yillikning eng nfuzli sport anjumaniga yo‘llanma olish uchun mintaqaviy pley-offda qatnashadi.
Ahamiyatli tomoni shundaki, navbatdagi yozgi Olimpiya o‘yinlari Abduqodir Husanov o‘ynayotgan Frantsiyada tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futbolchilari shu paytga qadar yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma ola bilmagan. Muxlislar bu gal yosh o‘yinchilardan Parij yo‘llanmasini kutmoqda.
“Kalyari” yanvarda Shomurodovni qo‘yib yuboradigan bo‘ldi
Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...
Italiyalik muxlislar Shomurodovni muhokama qilmoqda: yaxshi gap ham, tanqid ham etarli!
Husanov jamoasi haqida hayratlanarli fakt!
Shomurodov transferi o‘zini oqlaydimi?
Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?
Fikrlar