O‘zbekistonning gollari meksikaliklarni qattiq xavotirga solib qo‘ydi

  • 13 sentabr, 2023, 17:59
  • 1
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi AQShda tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida Meksika terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

O‘rtoqlik bahsi kutilganidan ancha keskin va shiddatli o‘tdi. Darvozalarga oltita to‘p kiritilgan bellashuvda kuchlar teng keldi – 3:3.

797a221ae008da106a25222395d9a08f

Meksikaliklardan mashhur hujumchit Raul Ximenes dubl qayd etgan bo‘lsa, Uriel Antuna yo‘q joydan gol urib ketdi. O‘Zbekiston milliy terma jamoasi gollariga Bobur Abduxoliqov, Azizbek Turg‘unboev va Otabek Shukurov mualliflik qildi.

Meksika va O‘Zzbekiston o‘rtasidagi uchrashuvni sportga ixtisoslashgan manbalar tahlil qilmoqda. Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga xorij saytlari ekspertlarining o‘yin haqidagi fikrlarini havola etadi.

ONEFOOTBALL.COM:

Muxlislar qaysi jamoani qo‘llab-quvvatlashidan qat’i nazar  bu bellashuvning natija ahamiyatli bo‘ldi. O‘yin boshidan O‘zbekiston futbolchilari Meksika himoyasidagi nozik nuqalarni qidira boshladi.

Mashhur darvozabon Gilermo Ochoa va meksikalik himoyachilar Bobur Abduxoliqov  raqibidan ustunlik qilib, boshi bilan gol urgan vaziyatda dovdirab qolishdi. Lekin Raul Ximenes tezda vaziyatni o‘ngladi.

O‘zbekistonliklarning raqib himoyasini yorib o‘tishga yana bir urinishi Azizbek Turg‘unboevning aniq zarbasi bilan yakunlandi. Bu pallaga kelib, meksikaliklar tashabbusni o‘ziga og‘dirish ilinjida to‘pni o‘zida ushlab turgandi. Ular 63 foiz vaqt davomida to‘pga egalik qildi. Lekin o‘zbeklar ikkita zarbada ikkita gol urib ketdi.

Ikkinchi bo‘limda Raul Ximenes individual harakatlari evaziga hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, Uriel Antuna jamoani g‘alabaga yaqinlashtirdi. Meksikaliklarning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. Otabek Shukurov jarima zarbasidan Ochoani ojiz qoldirdi.

O‘yinda qayd etilgan 3:3 hisobini jahon reytingida 12-pog‘onada turgan Meksika foydasiga yozib bo‘lmaydi. FIFA ro‘yxatining 74-qatoridan joy egallagan O‘zbekiston uchun bu durangni ijobiy natija sifatida keltirsa bo‘ladi.

volga (4)

MEDIOTIEMPO.COM:

Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Xayme Lozanoning natijalari muxlislarni xavotirga sola boshladi. Hozirgi jamoa Jahon kubogidagi Meksikaga o‘xshamaydi. Buni O‘zbekiston terma jamoasi 3:3 hisobida durang o‘ynab ko‘rsatib berdi.

Losano bu o‘yin Meksika uchun fojea ekanini tushunib etishi kerak. Chunki jamoaning to‘pni egallashdagi ustunligi, raqibdan kuchliligi agar himoyani mustahkam ushlay olmasa, hech qanday foyda bermaydi.

O‘zbekiston amalda uchta hujumda uchta gol urib ketdi. Endi Lozano uyga qaytib, terma jamoadagi jarayonlarni yaxshilash haqida bosh qotirishi kerak. Aks holda hozirgi holat bilan hech narsaga erisha olmaydi.

Meksika terma jamoasining himoya chizig‘i juda bo‘sh. Buni osiyoliklar uchta gol bilan isbotlab qo‘ydi.

Keyingi FIFA kunlarida Lozano Gana va Germaniya terma jamoalariga to‘qnash keladi. Bu raqiblar yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishni talab etadi. Salbiy natijalarni esa, hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaydi.

c077af63742feb1a30cf9e5407c061a7

SPORTINGNEWS.COM:

O‘zbekiston o‘yinda asosan himoyalanish uchun maydonga tushdi, biroq o‘zini erkin his qilib, Meksika darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilishni uddaladi. Meksikaliklar yana bir o‘yinda durangni saqlab qoldi. Lekin sentyar oyidagi o‘yinlar juda ko‘p xavotirlarni uyg‘otmoqda.

Atlanta shahridagi “Mersedes-Bents” arenasida Xayme Losano shogirdlari terma jamoa tarixida ilk bor Osiyoning bu jamoasiga to‘qnash keldi.

O‘zbekistonliklardan Bobur Abduxoliqov bosh bilan, Izizbek Turg‘unboev qarshi hujumda,  Otabek Shukurov jarima zarbasidan to‘p kiritib, Meksika futbolchilarining uchrashuvni g‘alaba bilan yakunlashiga yo‘l qo‘ymadi.

Hamma Meksika futbolchilarining g‘alabasini kutgan o‘rtoqlik o‘yini 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

65010fa37d18cb348e448fc2

“Barsa” yulduzi nega Messining emas, Shomurodovning sevimli raqamini tanladi?

Shomurodovga yordam kerak!

O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi

Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...

Italiyalik muxlislar Shomurodovni muhokama qilmoqda: yaxshi gap ham, tanqid ham etarli!

Husanov jamoasi haqida hayratlanarli fakt!

Shomurodov transferi o‘zini oqlaydimi?

Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Uzbekiston Uzbekiston
13/09/2023 20:49
O'yinda o'sish bor Bilamiz Meksika kuchli terma jamoa, asta sekin jamoa shakllanyapdi, katanes ruhiyatni singdiryapdi, qo'rqmasdan uynayapdi