Lyubinko Drulovich O‘zbekiston OTJning boy berilgan g‘alabasiga qanday izoh berdi?

  • 9 yanvar, 2020, 17:43
  • Bekzod Isayev
  • 10
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionati birinchi turida Eron bilan 1:1 hisobidagi durang qayd etdi.

Uchrashuvdan so‘ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Ikki yaxshi saviyadagi jamoalar o‘zaro kurashdi. Eron jismonan ancha kuchli jamoa. Bizda imkoniyat bor edi g‘alaba qozonish uchun. Lekin afsus bugun 3 ochko ololmadik. Endi keyingi o‘yinlarda bugungi ochkolar o‘rnini to‘ldirishga harakat qilamiz.

Alijonov va Qodirqulov klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasida ko‘plab o‘yin o‘tkazishdi. Shu bois ular bugun biroz charchab qolgandek. Bugun ularning o‘yini qovushmadi.

O‘yinning 15-20 daqiqasigacha Eron faolroq ko‘rindi. Undan so‘ng biz o‘yin tizginini qo‘lga oldik. Penalti ishladik va gol urdik. 2-taymda esa xatolarimiz tufayli gol o‘tkazib yubordik. Uchrashuv davomida imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Misol uchun Oybek Bozorovda darvozani ishg‘ol etish uchun vaziyat bo‘lgandi. Biroq u nishonga olishda adashdi. Bu futbol va unda bunday holatlar uchrab turadi.

2 yil avval terma jamoa musobaqada chempion bo‘lgandi. Bu gal ham jamoa g‘alaba qozona oladimi?

- Albatta, bizning maqsadimiz huddi shu. Unga erishishga harakat qilamiz. Endi e’tiborimizni Xitoyga qarshi uchrashuvga qaratamiz. Ushbu bahsda g‘alaba qozonishimiz kerak.

Guruhimiz? Chindan ham guruhimiz ancha murakkab. Endi navbatdagi o‘yinlarga e’tibor qaratishimiz shart. Endi Xitoyni mag‘lubiyatga uchratishimiz, undan keyin Janubiy Koreyani taslim etishimiz talab etiladi. Bu juda qiyin. Biroq bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

Terma jamoada gol uradigan hujumchi etishmayapti? Oston O‘runov nega kelmadi?

- Kecha ham aytib o‘tdim, tarkibimizda yo‘q bo‘lgan futbolchi haqida gapirishim noto‘g‘ri. Hozir safimizda eng yaxshilar jamlangan. Shu boisdan ham barcha futbolchilarni bilgan holda tarkibga jalb etdim, - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
BBS UZB
09/01/2020 20:34
Hech bir mamlakat jamoasini bizchalik tanqid qilmasa kerak. Xuddi-ki o'zlari o'z ishini qoyillatib qo'ygandek, bolalarni tinch qo'yinglaaar!
&
нодирбек.фк насаф
09/01/2020 18:31
Жасур Яхшибоев Санжар кодиркулов илхом Алижонов вопшим уйнолмади болла вопшим суст уйнади максад юк хаммасига
&
BUNIKBARSA 79
10/01/2020 13:24
Биринчи уйинда чарчаб колишди кейинги ой Н-да ухлаб колишмаса булди
Gadoeva Zubayda
10/01/2020 06:30
Jamoaviy o'yin nol!!!Xitoy,Janubiy Koreya Erondan ancha kuchli,qolaversa ular xatolarimizni forslardek kechirishmaydi?
&
Дилмурод
09/01/2020 20:19
Шох сохта экан, Хайдоров танлаган тактика ва болалар.
&
акром навбахор мухлис
09/01/2020 18:50
грухдан чиксаям катта гап чемпионликка тортмайди буларинг эрон вазиятлардан тулик фойдаланганда 4 / 1 булаорди
&
акром навбахор мухлис
09/01/2020 18:47
келажакдаги терма жамода шулар уйнайдиган булса жахон чемпионатига чикиш армон булади щекилли
&
JASUR3838
09/01/2020 18:18
Bollada qandaydir ishtiyoq yuqdag nazarimda. 1 tayim 20 minut faqat eron uynadi biz ximoyalandik xaliyam omad biz tomonda buldi eron 99% li mamintlani urganda bormi sharmandali hisob bulardi. Nima bulsaham bollaga ishonib qolamiz olg'a bolla
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
09/01/2020 18:08
Kur qanotka tezkor uyinchi quyiladi. Sanjar qanotka tezkor emaski. u urtaga yahshi uynaydi. keyin Urtaga faqat Aziz uynadi. himoyaga Aliqulov uynadi. qisqasi murabbiyni hatosi. yutkan taqderga ham. omat tufayli bulaydi. uyinni uzi. narmalni tahlil qilsa kurinadi hammasi. qisqasi. har doimkiday uyinchilarni qanday holatka foydalanishni bilmaganidan keyin. shu ahvol bulaveradi. yutqazsa ham. cheroyli uynasa rozi edik
Абдусамат Жураев
09/01/2020 18:01
Суфф санга СУТАК гапиришиям билмайди Жорж МОРЖ укаси БАБАНИ жияни