O‘zbekiston Superligasi va barcha sport musobaqalari qoldiriladi

Xabaringiz bor, O‘zbekistonga ham koronavirus kasalligi rasman kirib keldi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan brifingda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov mamlakatimiz hududidagi barcha sport, madaniy, ma’rifiy umuman har qanaqa ko‘rinishdagi tadbirlar to‘xtatiladi.

Bular qatoriga, O‘zbekiston Superligasi ham kiradi, ammo chempionatning qaysi turidan boshlab qoldirilishi va qachondan davom ettirilishi ma’lum qilinmadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidan rasmiy bayonot bilan chiqishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, bugun O‘zbekiston Superligasidan o‘rin olgan 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Lochin79
16/03/2020 00:44
Qachongacha halqni aldaydi bular.kecha uzb da koronavirus yuq deb chiqishdi.kasallikni elon qilganlar ertasiga,uz gapiga teskari gapirib kasallik yiq deb chiqdi.mana bir kunda maktab .oliygohlar .futbol uyinlari qoldirildi.
Yana halqda shubha .bir kunda shunday vahima
Bozorlarda un qolmadi .hamma vos vosda .qachongacha halq aldanadi