Sizlar bilan faxrlanaman! Mashhur yulduz Jerar Pike o‘zbek sportchisiга murojaat qildi
Futbol bo‘yicha Ispaniya milliy terma jamoasi safida jahon chempioni va «Barselona» tarkibida to‘rt karra Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan Jerar Pike Bangalor (Hindiston) shahrida o‘tgan Tech Mahindra Global Chess League-2026 musobaqasini muvaffaqiyatli yakunlagan FYERS American Gambits jamoasini tabrikladi.
«Salom, bolalar. Sizlarni tabriklashni istadim, chunki biz uchinchi o‘rinni egalladik va bu juda yaxshi natija, deb hisoblayman. Juda yaqin keldik. Shunga qaramay, sizlardan juda faxrlanaman. Ishonchim komilki, kelgusida albatta g‘olib bo‘lamiz. American Gambits, olg‘a!» — dedi Pike o‘zining instagram sahifasida.
Bangalorda o‘tkazilgan jamoaviy Tech Mahindra Global Chess League 2026 turnirida FYERS American Gambits safida ishtirok etgan qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Asaubaeva va o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Uchinchi o‘rin uchun bahsda ularning klubi CheQ Mumba Masters jamoasini ikki marta mag‘lub etdi (3,5:2,5 va 4:2).
Shu bilan birga, Sindarov birinchi doskada eng yaxshi natija qayd etib, ochkolar bo‘yicha Magnus Karlsenni ortda qoldirdi, Asaubaeva esa jamoaning umumiy muvaffaqiyatiga muhim hissa qo‘shdi.
Joriy yil avgust oyida, turnir boshlanishidan sal oldin, Jerar Pike rasmiy FYERS American Gambits jamoasining strategik aksiyadori sifatida e’lon qilingan edi.

Fikrlar