Vladimir Shin: "Yaponiyalik bokschilar Tokio Olimpiadasida yaxshi natijalar qayd eta oladi"

  • 29 dekabr, 2020, 13:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

O‘zbekistonlik boks murabbiylariga xorijda ham talab kuchli, bir qator hamyurtlarimiz boshqa mamlakat terma jamoalarida, klublarida faoliyat yuritib kelmoqda. Ular orasida esa eng mashhuri shubhasiz, Vladimir Shin, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

 Vladimir Nikolaevich o‘z vaqtida sobiq Ittifoq chempionatida ikki bora g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, jahon chempionatida bronza, jahon kubogi g‘olibi, sobiq Ittifoq xalqlari spartakiadasi chempionligini ham qo‘lga kirita olgandi. Aynan ushbu yutuqlari orqali u “xizmat ko‘rsatgan sportchi” unvoniga ega bo‘lgan kam sonli bokschilarimizdan biri hisoblanadi.

Faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, murabbiylik sohasida ham bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi va “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy” unvoniga ham sazovor bo‘lgandi. Ayni kunlarda ushbu tajribali murabbiyimiz Yaponiya terma jamoasini Tokio Olimpiadasiga tayyorlamoqda. Biz ushbu hamyurtimiz bilan bog‘lanib, tayyorgarlik jarayonlari va shunga oid bir-ikkita savol bilan murojaat qildik.

Shin

- O‘zbekistondan salomlar!

- Men ham o‘z salomimni yo‘llagan holda, kirib kelayotgan yangi yil bilan xalqimizni muborakbod etaman!

- Vladimir Nikolaevich to‘rt yillikning eng nufuzli turniriga tayyorgarliklar qanday kechmoqda?

- Barchasi yaxshi ko‘rinish olgan.

- Yapon shogirdlaringizda ishtiyoq kuchli bo‘lsa kerak?

- Albatta, yaponiyalik bokschilar Olimpiya o‘yinlarida yaxshi natijalar qayd eta oladi. Buning uchun jiddiy hozirlik ko‘rishmoqda.

- Umuman olganda Olimpiadaga nechta litsenziyani qo‘lga kiritdinglar?

- Hozircha 5 ta ya’ni, uchta o‘g‘il bolalar va ikki nafar qizlar yo‘llanma egasiga aylandi.

- Bu kam emasmi?

- Hali, oldimizda Evropada bo‘lib o‘tadigan so‘ngi litsenziya beruvchi turnir bor va unda yanada ko‘proq yo‘llanmani qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

- Ehtimol, O‘zbekiston terma jamoasi bilan qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish niyatingiz bordir?

- O‘tkazgan bo‘lardik. Lekin Yaponiyada yana karantin holati joriy qilindi va biz hech qaerga chiqa olmaymiz.

- Yapon boks federatsiyasi bilan shartnomangiz qachon tugaydi?

- Ushbu Olimpiada yakuniga qadar, shartnoma imzolaganmiz.

- Qisqa bo‘lsa-da, vaqt ajrata olganizdan minnatdormiz va o‘z o‘rnida ishlaringizga rivoj tilab qolamiz!

- E’tibor uchun rahmat!

Bobousmon Baturovning Tokio Olimpiadasi uchun yashirin "quroli" mavjud yoxud uning jang olib borish uslubi o‘ziga ham yoqmaydimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!