
Shahram G‘iyosov Toshkentdagi tarixiy jang kechasida ringga ko‘tariladi. Raqib ham ma’lum...
O‘zbekiston professional boks olamida tarixiy voqelik yuz berish arafasida, ya’ni, 3 aprel kuni Toshkent shahri ajoyib professional boks oqshomiga mezbonlik qiladi. Ilk bora, yurtimizda IBF hamda WBA chempionlik kamarlari uchun boks oqshomi tashkil etiladi.
Ma’lumki, ikkinchi mutlaq engil vazn (55.3 kg) toifasida IBF va WBA chempioni Murodjon Ahmadaliev hisoblanadi. Mazkur jang kechasining asosiy jangida Ahmadaliev o‘z titullarini yaponiyalik Riosuka Ivasdan himoya qilsa, Sports.uz manbalarining ta’kidlashicha, Shahram G‘iyosov (10-0,8 KO) katta ehtimol bilan rossiyalik Isa Chanievga (14-3,6 KO) qarshi ringga ko‘tariladi.
Bu borada batafsil ma’lumotlarni tez orada ma’lum qilamiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Toshkentdagi super jang kechasida ringga ko‘tariluvchi boks yulduzlarimiz bilan tanishing!
Fikrlar