
Toshkentdagi super jang kechasida ringga ko‘tariluvchi boks yulduzlarimiz bilan tanishing!
Toshkentda “Matchroom” kompaniyasi tomonidan ajoyib professional boks oqshomi tashkil etilishi arafasida, Sports.uz manbalarining ma’lum qilishicha, 3 aprel kuni “Humo” arenasida o‘tkazilishi ko‘zda tutilayotgan ushbu boks oqshomida 55,3 kg vazn toifasida IBF va WBA chempionlik kamari sohibi Murodjon Ahmadaliev yaponiyalik Riosuka Ivasadan o‘z kamarlarini himoya qilsa, Shahram G‘iyosov rossiyalik Isa Chanievga qarshi jang qiladi.
Shuningdek, ushbu boks oqshomida Hasanboy Do‘smatov, Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov, Iqboljon Holdorov, Elnur Abduraimov, Sanjar Tursunov, Mirazizbek Mirzaxalilov kabi yulduz bokschilarimizning ham ringga ko‘tarilishi rejalashtirilmoqda.
Ularning raqiblari haqida hozircha ma’lumotga ega emasmiz. Tez orada bu borada ham xabar beramiz!
Shahram G‘iyosov Toshkentdagi tarixiy jang kechasida ringga ko‘tariladi. Raqib ham ma’lum...
Fikrlar