Benzema: Ro‘za tutganimda o‘zimni yaxshi his qilaman

  • 05.04.2022 16:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema ramazon haqida gapirdi.

Tecno

Dunyodagi millionlab musulmonlar kabi frantsiyalik futbolchi ham bir necha kun oldin Ramazon ro‘zasini boshladi. "Real" hujumchisi ro‘za tutish uning faoliyatiga ta’sir qilmasligini aytdi.

Benzema Esquire jurnaliga bergan intervyusida bu haqda shunday dedi:

-Buning (ro‘za tutish) o‘yinlarimga hech qanday ta’siri yo‘q. Ramazon hayotimning bir qismi va ro‘za tutish mening e’tiqodimda farz. Bu men uchun juda muhim va ro‘za tutganimda o‘zimni yaxshi his qilaman.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Benzema barcha joriy mavsum jami 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 34 ta gol urib, 13 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!