Manba: Mbappe "Real" bilan kelishuvga erishdi

Kilian Mbappe to‘g‘risida yillab davom etayotgan serial o‘z nihoyasiga etish arafasida. Bu safar hammasi jiddiy va haqiqatga yaqinroq. 

"Foot Mercato" nashrining jurnalisti Santi Aunaning so‘zlariga ko‘ra, bir necha kun oldin hujumchi va madridliklar og‘zaki kelishuvga erishdi. Kilian Ispaniyaga yo‘l olishga tayyor, lekin bu transfer qishda emas, balki yozda amalga oshadi. Sababi, Mbappe PSJ bilan mavsumni o‘z nihoyasiga etkazib qo‘yishni istamoqda. U kelasi mavsumni "Real"da boshlaydi. 

2022 yilda deyarli "qaymoqranglilar" safiga borib qo‘shilgan, frantsuz so‘nggi soatlarda fikrini o‘zgartirib, Parijda qolgandi. O‘shanda u jamoa bilan 2+1 ko‘rinishda shartnoma imzolagan. 

Mbappe haqidagi keyingi xabarlar katta ehtimol bilan uning "Real"dagi maoshi, raqami, pozitsiyasi to‘g‘risida bo‘ladi. Yaqindagina Karlo Anchelotti bilan bitimni yangilagan rahbariyat klubni yangi "galaktikos"ga aylantirmoqda, chunki madridliklar yana bir katta transfer ustida ishlamoqda. Bu Alfonso Devis

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Javohir
08/01/2024 08:04
Erkatoy bu safar ham eski xunarini kursatmasa buldi..)))
Bek lets play
08/01/2024 10:26
Ishonchliroq manbadan chiqsa qoygan yahshiroq manmcha