Umarbek Eshmurodov Qatarga qarshi o‘yin, "Selangor"da faoliyati va "Nasaf" haqida gapirdi

  • 24 oktabr, 2024, 22:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Umarbek Eshmurodov qishda "Nasaf" bilan xayrlashib, Malayziyaning "Selangor" klubiga ko‘chib o‘tgan edi. 31 yoshli himoyachi Sports.uz saytiga intervyu berdi. U terma jamoamizning bo‘lajak o‘yinlari, faoliyati va maqsadlari haqida gapirib o‘tdi.

Hozirda Malayziya chempionatida o‘ynayapsiz. O‘zbekiston va Malayziya Superligasining farqlari  va o‘xshashliklari haqida nima deysiz?

Ko‘pchilik Malayziya chempionatini juda kuchsiz deb aytadi. Yo‘q, bunday emas. Malayziya Superligasida ham yaxshi jamoalar va yaxshi legionerlar o‘ynaydi. Hech bir o‘yinni oldindan taxmin qila olmaysiz. Bu erda O‘zbekistondagi bo‘lgani kabi raqobat anchagina kuchli. Mana masalan, xalqaro musobaqalarda harakat qilayotgan jamoalar kuchli futbolchilarni jalb qilmoqda.

"Selangor" Malayziya Superligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va jamoaning oldindagi rejalar qanday?

Jamoamning chempionatdagi maqsadi albatta chempion bo‘lish. Buning uchun oxirigacha harakat qilamiz va borimizni berishga tayyormiz. Chempionlar ligasida esa, birinchi bo‘lib keyingi bosqichga utishni reja qilganmiz. 

“Nasaf”dagi kar’erangiz davomida Superliganing yuta olmagansiz. Biroq bu mavsum “ajdarlar” chempionlik sari odimlamoqda. Yakunda nima bo‘ladi deb o‘ylaysiz?

"Nasaf"dagi faoliyatim yaxshi bulgan, deb bemalol ayta olaman. To‘g‘ri, Superligada chempion bulolmaganman. Lekin O‘zbekiston kubogi va Superkubokni olganmiz. Jamoani o‘sishiga, medallar va kuboklar olishiga yordam berolganman. Mana shu yil ularga chempion bulishini tilab qolaman. 

Siz birinchi marta legioner sifatida o‘ynayapsiz. Legioner bo‘lishning qanday ustun jihatlari bor?

Legioner bulgandan keyin musofirchilikda yashaysiz.  Shunda insonning dunyoqarashi o‘zgaradi va albatta moliyaviy tomonini ham inkor etmayman. O‘ziga yarasha yaxshi va yomon tomonlari bor.

"Selangor”da oyligingiz qancha? “Nasaf”da olgan maoshingizdan kammi, ko‘pmi?

"Selangor"dagi maoshim "Nasaf"dagi maoshimdan sezilarli darajada kuproq. Biroq boya aytib o‘tganimdek, legioner bo‘lib o‘ynayning o‘ziga yarasha og‘irliklari ham bor.

Chonbukka qarshi o‘yinda assist qayd etdingiz va yakunda “Selangor” g‘alaba qozondi. Ushbu musobaqadagi maqsad qanday?

Ha, "Chonbuk"ka qarshi o‘yinda standart vaziyatdan unumli foydalandik. Kechagi g‘alabadan so‘ng guruhda birinchi o‘rinda boryapmiz. Birinchi maqsad guruhdan chiqish.  7 ochko bilan birinchi o‘rindamiz. OChL 2da ham ishlarimiz yomon ketmayabdi. 

“JCh-2026” doirasida Eron va BAAga qarshi bahslarda qaydnomada bor edingiz. Eron bilan o‘yinda zaxirada qoldingiz va shundan so‘ng Rustam Ashurmatov BAA bilan o‘yinda maydonga tushmasligi aniq bo‘ldi. Shunga qaramay siz zaxirada qoldingiz. Bunga qandaydir sog‘ligingizdagi muammo sababmi yoki murabbiy qarori shunday bo‘ldimi?

Sog‘ligimda hech qanday muammo yo‘q. Murabbiylar shunday qaror qildi va buni hurmat qilaman. 


Qatarga qarshi “Qasos o‘yini va Laosda bo‘lib  o‘tadigan KXDRga qarshi o‘yinlardan nimalar kutyapsiz?
Xudo xoxlasa, Qatar va KXDR termalari ustidan g‘alaba qozonib, maksimal ochko olishga harakat qilamiz. 

                                                                                                      Oybek Yuldoshev suhbatlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!