Yan Zommer: "Baxtimizga u gol urmadi"

  • 7 may, 16:42
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milaning “Inter” klubi darvozaboni Yan Zommer UEFA Chempionlar Ligasi yarim final javob o‘yini doirasida “Barselona”ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Uchrashuv 4:3 hisobida italiyaliklar foydasiga yakunlandi. Ikkala o‘yinning umumiy natijasiga ko‘ra, hisob 7:6 bo‘lib, “Inter” finalga yo‘l oldi.

— Men juda baxtiyorman, biz ajoyib o‘yin o‘tkazdik. Eng esda qolgan zarba? Lamin Yamalning oxirgi zarbasi — u ajoyib futbolchi, baxtimizga, u gol ura olmadi. Ko‘plab jamoalar 2:3 hisobidan keyin taslim bo‘lardi, lekin biz unday qilmadik. Va iroda bilan g‘alabaga erishdik, — deya Zommerning so‘zlarini UEFAning rasmiy sayti keltirmoqda.

“Inter” Chempionlar Ligasi finalida PSJ — “Arsenal” juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu juftlikning birinchi o‘yini parijliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Javob o‘yini bugun, 7 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!