Yarim asr kutilgan chempionlik qo‘lga kiritildi

  • 16 may, 18:52
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bolonya" uchun tarixiy kubok. So‘nggi 51 yil ichida qo‘lga kiritilgan ilk sovrin bu — "Italiya kubogi". 
 
2025 yilning 15 may kuni "Bolonya" futbol klubi uchun unutilmas sanaga aylandi. Jamoa 51 yil kutgan orzusi — Italiya kubogini nihoyat boshi uzra baland ko‘tardi. Bu g‘alaba oddiy bir sovrin emas — bu yillar davomida to‘xtamagan orzu, fidoyilik bilan yonib yashagan yuraklar va eng muhimi, sadoqat timsolidir. 1974 yildan beri katta sovringa zo‘riqib yashagan minglab "Bolonya" muxlislari uchun bu chempionlik sabr-toqat, ishonch va sadoqatning g‘alabasi bo‘ldi. 

Players of Bologna celebrate the victory after the Coppa Italia Final match between AC Milan and Bologna at Stadio Olimpico on May 14, 2025 in Rome,...
 
Jamoa finalda "Milan"ni 0:1 hisobida mag‘lub etdi. O‘yinda yagona golni Ndoe 53-daqiqada milanliklar darvozasiga yo‘llab, o‘yindagi yagona gol muallifi va "Bolonya" jamoasining qahramoniga aylandi. 

Team Players of AC Milan pose during the Coppa Italia Final match between AC Milan and Bologna FC at Stadio Olimpico on May 14, 2025 in Rome, Italy.
 
Qiziqarli jihati shundaki, final bahsidan atigi 6 kun avval, ya’ni 9 may kuni "Bolonya" A Seriya doirasida aynan "Milan"dan 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Balki, o‘sha mag‘lubiyat g‘alaba sari bosilgan eng katta qadam, Jamoaning murabbiylar shtabi va futbolchilari uchun uyg‘otuvchi signal bo‘lib xizmat qilgan desak, yolg‘on bo‘lmaydi. 

Oussama El Azzouzi of Bologna FC celebrates with the trophy following the 1-0 victory in the Coppa Italia Final match between AC Milan and Bologna FC...
 
"Bolonya" 1930 yillarda Italiya futbolining gigantlaridan biri edi. Jamoa A Seriyada 7 marta chempionlikni qo‘lga kiritgan, biroq 1974 yildagi Italiya kubogidagi g‘alabasidan so‘ng ular uzoq vaqt sahna markazidan chekinib qoldi. Ushbu yangi g‘alaba esa klubga yana katta sovrinlar uchun kurashish imkonini berdi. 

Riccardo Orsolini of Bologna FC lifts the trophy as he celebrates with team mates at the end of the Coppa Italia final football match between AC...
 
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, "Bolonya"ning Italiya kubogidagi g‘alabasi oddiy bir yutuq emas, bu – orzular ro‘yobi, tarixiy qaytish va sabrning mevasidir. Yarim asr kutilgan bu sovrin, klubning matonatini, fidoyil futbolchilarni va har qanday sharoitda ham sodiq qolgan muxlislarni yuksak darajada taqdirladi. Bir necha kun oldin "Milan"dan engilgan jamoaning finalda aynan shu raqib ustidan zafar quchishi esa futbolning kutilmagan go‘zalligini yaqqol namoyon etdi. Bu g‘alaba "Bolonya" uchun emas, balki butun futbol ixlosmandlari uchun saboq – hech qachon umidni yo‘qotmaslik kerak. 

Milan players feel disappointed after losing the Coppa Italia Final football match between AC Milan and Bologna FC in Rome, Italy, on May 14 at...
 
Maftuna Shokirova

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!