
“Bavariya” ikki yulduzni nishonga oldi
Germaniya Bundesligasida chempionlikni qaytarib olgan “Bavariya” yangi mavsum oldidan tarkibini tartibga solishga jiddiy e’tibor qaratmoqda.
Evropadagi manbalarga ko‘ra, myunxenliklar ayni paytda ikki nafar kuchli o‘yinchini olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. “Bavariya” nishoniga “Leyptsig” vakili Xavi Simons va “Chelsi” hujumchisi Kristofer Nkunku tushgan.
Myunxenliklar sport direktoi Maks Eberl har ikki o‘yinchi agentlari bilan aloqani ushlab turibdi.
Nemis futboliga ixtisoslashgan jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, 22 yoshli Simons ham, 27 yoshli Nkunku ham “Bavariya” uchun zaxira varianti hisoblanadi. Myunxenliklar oldingi chiziqqa mo‘ljallagan o‘yinchilarni qo‘lga kirita olmagan taqdirda, e’tibor mana shu ikki futbolchiga qaratiladi.
Fikrlar