
"Manchester Yunayted" "Barselona" yarim himoyachisiga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirdi
21 yoshli Mark Kasado "Manchester Yunayted"ning yozgi transfer rejalaridagi nomzodlardan biriga aylandi. Kataloniyaliklar yarim himoyachisi klubni tark etishni xohlamasa-da, "Barselona" moliyaviy qiyinchiliklar tufayli uning transferini ko‘rib chiqishi mumkin.
"Mundo Deportivo" nashrining ma’lum qilishicha, "qizil iblislar" Kasadoni tayanch zonasida Manuel Ugartega raqobatchi sifatida ko‘ryapti. Ispaniyalik futbolchiga shuningdek "Arsenal" va "Chelsi" ham qiziqish bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, futbolchining "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Uning shartnomasida 100 million evro miqdorida kompensatsiyasi belgilangan. Transfermarkt portali esa Markni 30 million evroga baholagan.
Fikrlar