"Chelsi" futbolchisining jamoadan ketishi tobora oydinlashmoqda

  • 13 iyul, 15:13
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kristofer Nkunkuning "Chelsi"dan ketishi haqidagi mish-mishlar tobora kuchayib bormoqda. Frantsiyalik hujumchi jamoaning asosiy tarkibida doimiy o‘rin olmayotganidan norozi va yozda klubni tark etish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

Tecno

"L'Équipe" nashriga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Entso Mareska bilan munosabatlar ham ideal emas. Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Mareska Nkunkuni bir necha bor mashg‘ulotlar vaqtida tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida o‘ynashga majbur qilgan — bu orqali u futbolchining ma’naviy chidamini sinagan bo‘lishi mumkin.

Nkunkuga Evropa grandi klublari — "Bavariya", "Manchester Yunayted" va "Inter" tomonidan qiziqish borligi aytilmoqda. Uning "aristokratlar" safidagi kelajagi esa hozircha noaniqligicha qolmoqda.

Bundan tashqari, o‘tgan mavsumning qishki transferlar oynasida frantsiyalik vingerning jamoadan ketishi haqida xabarlar ko‘paygan edi. Biroq, o‘sha paytlarda jamoa bosh murabbiyi futbolchi hech qaerga ketmasligini ta’kidlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!