
Boks. Ayollar terma jamoamiz Xitoyga jo‘nab ketdi
Boks bo‘yicha ayollar terma jamoamiz 13-28 iyul kunlari Xitoyning Fusziyan shahrida xalqaro qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi. Vakillarimiz bugun ushbu davlatga jo‘nab ketdi.
Yig‘inga jalb etilgan tarkibimiz bilan tanishing:
Farzona Fozilova
Sabina Boboqulova
Feruza Kazakova
Nigina O‘ktamova
Sitora Turdibekova
Navbahor Hamidova
Aziza Zokirova
Sohiba Ro‘zmetova
Oltinoy Sotimboeva
Nigina O‘ktamova chin yurtidagi xalqaro turnir yakunidan so‘ng, jamoa ixtiyoriga borib qo‘shiladi.
Murabbiylar: Elshod Rasulov, Fernandez Ximenez Barbaro, Islom Tadjibaev, Istam Kabinov.
Shifokor: Komiljon Rasulov.
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi ma’lum qildi.
Fikrlar