"Barselona" bir yo‘la ikki vinger transferini hal qilmoqchi

  • 13 iyul, 19:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" "Liverpul" vingeri Luis Dias va "Manchester Yunayted" futbolchisi Markus Reshfordni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Jurnalist Luis Roxoning xabariga ko‘ra, "blaugranaliklar" ikkalasini birdek olishga harakat qilishi mumkin — garchi moliyaviy muammolar bor bo‘lsa-da.

Tecno

Hozirda klub bu ikki variantdan birini tanlash ehtimoli yuqori sanalmoqda, lekin ikkalasini ham jamoaga taklif etish imkoni butunlay rad etilmayapti.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli Luis Diasning transfer narxi 70 million evro, 27 yoshli Markus Reshford esa 50 million evro etib baholangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Barsa"ning asosiy maqsadi “Atletik” vingeri Niko Uilyams edi. Biroq, u Bilbao klubida qolishga qaror qildi va yaqinda yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Ma’lumot o‘rnida, "ko‘k-anorranglilar" so‘nggi kunlarda "Atalanta" futbolchisi Ademola Lukman atrofidagi vaziyatni ham o‘rganayotgani va murabbiy Flikning o‘zi bu transferni xohlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!