“Real” Vinisius ketishidan qo‘rqmaydi

  • 16 iyul, 18:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

COPE nashri jurnalisti Roberto Morales Madridning “Real” klubi braziliyalik legioner Vinisius Junior bilan hamon shartnomani uzaytirmaganiga munosabat bildirdi.

Tecno

- Vinisius o‘zini “Oltin to‘p” sohibi sifatida his qilib yurgan paytda “Real” bilan shartnomani uzaytirish tashabbusi aynan undan chiqqaniga ishongan edik. U klub oldiga qator shartlarni qo‘yadigan darajada edi.

Endi vaziyat o‘zgardi. O‘tgan mavsum Vinisiusning o‘yinidagi pasayish ortidan “Real” bor e’tiborini Kilian Mbappega qaratishga majbur qilmoqda. Hozir muzokaralar vaqtini, hamkorlik davrini va qo‘yiladigan talablarni boshqarish imkoniyati “Real” tomoniga o‘tgan.

Vinisiusning ketishi bundan ikki yil oldin bo‘lgani kabi klub uchun qo‘rqinchli emas. Hozirgi vaziyatda hujumchining ketishi klub uchun omadsizlik hisoblanmaydi, - dedi Roberto Morales.

Vinisius Juniorning amaldagi kelishuvi 2027 yilning yozigacha davom etadi. “Qirollik klubi” bu bitim muddatini 2030 yilgacha uzaytirmoqchi edi. Keyin paytda bu boradagi muzokaralar sekinlashib qoldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!