“Real” yulduzi katta rekord o‘rnatdi

  • 17 iyul, 11:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning urugvaylik yarim himoyachisi Federiko Valverde bir mavsumda eng ko‘p uchrashuvlarda qatnashish va maydonda harakat qilgan vaqtining ko‘pligi borasida jahon rekordini o‘rnatdi.

Tecno

Marca nashrining ma’lum qilishicha, o‘tgan mavsumda Federiko “Real” va Urugvay terma jamoasida jami 72 ta uchrashuvda ishtirok etib, maydonda 6116 daqiqa to‘p tepgan.

Portugaliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” etakchisi Brunu Fernandeshning mavsum davomidagi o‘yinlari soni 66 tani va maydondagi vaqti 5796 daqiqani tashkil qildi.

Kuchli uchlikdan o‘rin olgan Mayk Menyan “Milan” va Frantsiya terma jamoasi darvozasini 63 ta bahsda jami 5624 daqiqa qo‘riqlagan.

Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha “top-10”ga jami 5 ming daqiqadan ko‘p o‘ynagan Yozua Kimmix (“Bavariya”), Yoshko Gvardiol (“Manchester Siti”), David Rayya (“Arsenal”), Ashraf Hakimi (PSJ), Mark Kukurelya (“Chelsi”), Yan Oblak (“Atletiko”) va Virjil van Deyk (“Liverpul”) kiritildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!