Xabi Alonso “Real”da tozalash boshladi: Beshtasi ketadi

  • 23 iyul, 06:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso muayyan muddat jamoa bilan ishlaganidan keyin tarkibni o‘ziga moslab olishga qaror qildi.

Tecno

Ispaniyalik mutaxassis bir necha futbolchilarni “Real”dan ketkazadigan bo‘ldi. “Qora ro‘yxat”ga tushganlarning aksariyati asosiy tarkib vakillaridir.

Ma’lumotlarga qaraganda, Xabi Alonso  Rodrigo Goes, Fran Garsiya, David Alaba, Dani Sebalos va Braim Diasga o‘z loyihasida joy ajratmoqchi emas. Bosh murabbiy bu o‘yinchilar uning talablariga va o‘yin uslubiga mos emasligini ta’kidlagan.

Xabi Alonso hujumkor o‘yin ko‘rsatadigan raqobatbardosh jamoa shakllantirishni maqsad qilgan. Buning uchun “Real” yangi murabbiyga ma’qul kelgan yangi ijrochilarni olishi kerak. Rejani ishga tushirishdan avval Xabi Alonso o‘ziga kerak bo‘lmaydigan o‘yinchilardan qutilmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!