'"Real" "Liverpul" yulduzi uchun taklif tayyorlamoqda

  • 23 iyul, 15:28
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" markaziy himoyachisi Ibrahim Konate shu yozdayoq "Real Madrid"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Tecno

Avvalroq, "qirollik klubi" frantsiyalik futbolchini erkin agent sifatida qo‘lga kiritish uchun kelasi yilgacha kutishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. "Marca"ning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, "qaymoqranglilar"ning rejalari o‘zgarishi mumkin: La Liga grandi 26 yoshli futbolchi uchun yaqin haftalar ichida "Liverpul"ga transfer taklifi bilan chiqishi mumkin.

"Real" jamoaga yana bir markaziy himoyachi kerak degan qarorga keldi, shuning uchun Ibrahim Konatening transferi tez orada amalga oshishi mumkin.

"Qizillar" markaziy himoyachisining Transfermarkt saytidagi narxi - 60 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!