"Milan"da 64 yildan so‘ng ilk bor xorijlik futbolchi sardor bo‘ldi

  • 23 iyul, 16:15
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

30 yoshli darvozabon Mayk Menyan "Milan" sardoriga aylandi. Ushbu ma’lumotni Italiya klubining yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri matbuot anjumanida tasdiqladi. La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra frantsiyalik darvozabon "rossonerilar"ning so‘nggi 64 yildagi ilk xorijlik sardoriga aylandi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "Milan"da sardorlik bog‘ichini taqqan so‘nggi xorijlik 1949-1961 yillarda klub sharafini himoya qilgan shvetsiyalik Nils Lidxolm bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Menyan bungacha ham jamoadoshlarini sardor maqomida maydonga tushirgan edi. O‘tgan mavsumda darvozabon bog‘lov uchun uchinchi da’vogar edi. "Milan"ning 2024/2025 yilgi mavsumdagi dastlabki ikki sardori Davide Kalabriya va Teo Ernandes yozgi transfer oynasida klubni tark etdi.

Frantsiyalik darvozabonning hozirgi jamoasi bilan shartnomasi kelasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Avvalroq, Menyan xizmatiga Londonning "Chelsi" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!