
"Andijon" nigeriyalik hujumchi bilan shartnoma tuzdi
Yozgi transfer chog‘ida tarkibni kuchaytirish borasida selektsiya ishlarini olib borayotgan "Andijon" jamoasi yana bir yangi futbolchi bilan kelishuvga erishdi. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tanishing: jamoaning yangi hujumchisi – Ismail Akinade!
Ma’lumot uchun, Akinade 1994 yilning 11 fevral sanasida Nigeriyada tavallud topgan. U markaziy hujumchi pozitsiyasida to‘p suradi.
Oxirgi klubi Malayziyaning “Terenganu” jamoasi hisoblanadi.
Hujumchi faoliyati mobaynida 295 ta uchrashuv maydonga tushib raqiblar darvozasiga 80 ta gol urgan va 47 ta golli pasni uzatgan.
Fikrlar