
"Omadli taqvim". To‘rtinchi son (matnli+videotranslyatsiya)
Xabaringiz bor, SPORTS.uz internet axborot nashri "Omadli taqvim" deya nomlangan sovrinli o‘yinni yo‘lga qo‘ygan. Bugun mazkur o‘yinimizning 4-soni Siz azizlarga taqdim etiladi.
12:25 Kelgusi haftada uchrashguncha salomat bo‘ling!
12:20 So‘zimiz so‘nggida shuni qo‘shimcha qilishimiz kerakki, bugungi to‘rt nafar g‘olibimiz - Xorazm, Qashqadaryo, Farg‘ona va Samarqand viloyatilik bizni kuzatib boruvchi ishtirokchilarimiz ekan
12:18 Shuning bilan "Omadli taqvim" o‘yinining to‘rtinchi soni o‘z nihoyasiga etdi
12:17 Demak, ular Redmi 6A smartfonining narxini pul ko‘rinishida bo‘lib olishadi
12:16 Bular "Beeline" (3 nafar) hamda "UMS" aloqa operatori abonentlari sanalishadi
12:16 Ammo 6 raqamning 5 tasini to‘g‘ri topa bilgan ishtirokchilarimiz 4 ta ekan
12:15 Afsuski, bizda bugun ham 6 raqamning barchasini to‘g‘ri topgan ishtirokchi aniqlanmadi
12:15 So‘nggi raqam - 1!
12:14 Hayajonli daqiqalar...
12:14 Beshinchi raqam - 30! Dastlabki 5 ta raqamni to‘g‘ri topgan ishtirokchi soni 1 ta!
12:13 Diqqat qiling, sovrinli o‘rinlarga ham etib keldik
12:12 To‘rtinchi raqam - 28! To‘rttala raqamni ham to‘g‘ri topganlar soni 18 tani tashkil etadi
12:11 Uchinchi raqam - 19! 5, 10, 19 raqamlarini to‘g‘ri topganlar soni - 238 nafarni tashkil etadi
12:10 Ikkinchi raqam - 10! Ushbu ikki raqamni to‘g‘ri topgan ishtirokchilar soni 4580 tani tashkil etadi
12:09 Dastlabki raqam - 5! Mazkur raqamni to‘g‘ri topgan ishtirokchilar soni 43 mingdan ziyod
12:08 Diqqat qiling, o‘yin boshlandi! Bizga yuborgan SMSingizni tekshirib ko‘ring
12:04 Bugun generator tanlaydigan 6 raqamning barchasini to‘g‘ri topgan ishtirokchimiz iPhone X, noutbuk, televizor va gaz plitasini qo‘lga kiritishadi. Birgina bepul SMS evaziga shuncha sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati faqatgina "Omadli taqvim"da mavjud
12:03 E’tiborlisi, "Omadli taqvim"da g‘olib chiqayotganlarning barchasi "Beeline" kompaniyasi foydalanuvchilari ekan
12:01 O‘tgan sonda 6 nafar ishtirokchimiz generator tanlagan 6 raqamning 5 tasini to‘g‘ri topib, Redmi 6A smartfonining qiymatini pul ko‘rinishida bo‘lib olishgan edi
12:01 Eslatib o‘tamiz, "Omadli taqvim" sovrinli o‘yini SPORTS.uz internet axborot portali tomonidan taqdim etilmoqda
12:00 Diqqat qiling, o‘yinimizning bugungi soni boshlanmoqda
11:57 Yaxshi bilasiz, o‘yinimiz qoidalariga ko‘ra, ishtirokchilar bizga 1 dan 36 tagacha bo‘lgan raqamlar orasidan 6 tasini tanlab olib, oldiga R harfini qo‘ygan holda yuborishlari talab etilar edi
11:54 Bugun bizga g‘olibni aniqlashda odatdagidek tasodifiy raqamlar generatori yordam beradi
11:51 Assalomu alaykum, qadrli do‘stlar! Birozdan so‘ng o‘yinmiz boshlanadi!
Fikrlar