
Chagaevga mag‘lub bo‘lgan bokschi Tayson Fyurini nokaut qilmoqchi
Super og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri ikki karra chempionlik kamariga da’vogarlik qilgan Franchesko Pyanetta bilan bo‘ladigan jang oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– Men uning oldingi janglarini o‘rganib chiqdim. U Vladimir Klichkoga qarshi 2013 yil yaxshi jang olib borgan ekan. Franchesko imkoniyatini kam baholamayman. Uning gavdasi katta va kuchli raqibligini bilaman. Agar u meni mag‘lub etadigan bo‘lsa, Deontey Uaylder bilan uchrashishini yaxshi tushunib turibdi. Shunday ekan, kontsentratsiyani saqlash kerak. Super og‘ir vaznda 10 soniyani qo‘ldan boy berdingmi, demak jang sening foydangga hal bo‘lmaydi.
– Men maksimal kuchimni ishga solishimni bilaman. U boshqalar kabi meni nokautga uchratishga harakat qiladi, ammo u maqsadiga eta olmaydi deb umid qilaman. Biz ajoyib shou o‘tkazishni rejalashtiryapmiz, – deya Taysonning so‘zlarini keltiradi BoxingScene nashri.
Ruslan Chagaev - Franchesko Pyaneta.
2015 yil 11 iyul. Germaniya.
Fikrlar