
Ronaldu yozda qaysi jamoalarning taklifini rad etgani ma’lum bo‘ldi
Evropaning ko‘plab grand klublari joriy yozgi transferlar davrida Krishtianu Ronalduni sotib olishga harakat qilib ko‘rgan.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli portugaliyalik futbol yulduzini "Milan", PSJ hamda "Manchester Yunayted" klublari o‘z safiga qo‘shib olishga urunib ko‘rishgan. Biroq, Ronaldu ushbu takliflarni rad etgan va yakunda “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgan.
Ma’lumotlarga qaraganda Ronaldu avval boshidan “Yuventus”ga o‘tishni rejalashtirgan. Uning fikricha aynan “keksa sinora” Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun asosiy da’vogardir.
Fikrlar