Nurmagomedov vs Makgregor: Xabib sport bilan shug‘ullanishni boshlagan vaqtda, Konor bolalar bog‘chasiga qatnagan

CHERY AUTO

Konor va Xabib o‘rtasidagi uzoq kutilgan jang shu hafta bo‘lib o‘tadi, aniqrog‘i 6 oktyabr (Toshkent vaqti bilan 7 oktyabr tongda) kuni. Tashkil etilishi haqiqatga ancha yaqin. Nega deysizmi? Ular shu vaqtgacha shifoxonaga tushib qolishmadi, tirik va sog‘lom holda 4 oktyabr kungi matbuot anjumaniga qadar etib kelishdi. Keyin vazn tortish marosimi va keyin oktagonda jang. Jang bekor qilinsa, juda alamli bo‘ladi. Har ikki sportchi buning uchun ozmuncha vaqt sarflab, ter to‘kdimi?! Bungacha 30 yil o‘tdi. Etib kelguncha esa ular har xil hayot yo‘llarini bosib o‘tishdi

Tecno

1988 - Sportchilarning tug‘ilgan yillari

UFC chempioni va uning bo‘lajak raqibi bir yilda tug‘ilgan. Konor – 14 iyul Dublinda, Irlandiya. Xabib – 20 sentyabr Sildida (Tsumadin tumani, Dog‘iston ASSR).

Habib vs Conor press

1993 - Xabib harakatni boshladi

Otasi Abdulmanap boshchyailigida 5 yoshida Xabib va kichik akasi Abubakar kurash bilan shug‘ullana boshlaydi. Bu vaqtda Konor nafaqat aralash yakkakurashlardan, balki umuman sportdan juda uzoqda bo‘lgan. U o‘shanda Dublindagi bolalar bog‘chalaridan biriga qatnar edi.

1997 - Konor sportga kirib keldi

Makgregor sport bilan 9 yoshidan shug‘ullana boshlagan, ammo kurash bilan esa, kikboksing bilan. Shuningdek, futbol ham o‘ynab turgan. Sportning bu turi unga juda yoqqan. Konor mahalliy “Lurdes Seltik” klubida o‘ynagan. Xabib bu vaqtda kurash sir-asrorlarini Sildi qishlog‘ida o‘rganishda davom etayotgan bo‘lgan.

2000 - Ulkan muvaffaqiyatlarga xizmat qilgan tanaffuslar

XX asrning so‘nggi yili har ikki sportchi uchun tanaffus bo‘ldi. Nurmagomedov oilasi bilan Maxachkal’aga qo‘chib keldi va bu erda erkin kurash bilan shug‘ullana boshladi. Otasi Dog‘iston poytaxtida o‘smirlar uchun sport sektsiyani ochdi va unga o‘g‘lini qabul qildi. Xabib bilan erkin kurash bo‘yicha Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy Saidaxmed Magomedov ishlay boshladi.

Xuddi o‘sha yili 12  yoshli Makgregor boks bilan shug‘ullana boshladi. O‘shanda u iz Jeymi Kavana bilan tanishdi. Hozir u professional bokschi. Golden Boy Promotions promouterlik kospaniyasi bilan shartnoma imzolagan. 22 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat bor hisobida. Konor yaqinda o‘zini professional boksda sinab ko‘rdi. Bu irlandiyalik sportchi uchun faqatgina moliyaviy tomondan muvaffaqiyatli bo‘ldi deyish mumkin xolos. Natijasi esa o‘zingizga ma’lum.

2005 - Turli g‘alabalar

Havaskorlar boksida Konor yaxshigina muvaffaqiyatlarga erishgan. 13 yil muqaddam u boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Irlandiya chempioni bo‘lgan. O‘shanda u 17 yosh edi. Bu vaqtda Xabib otasining eng yaxshi do‘sti murabbiy Jafar Jafarovichdan dzyudoni o‘rganayotgan bo‘lgan. Irlandiyalik sportchidan farqli o‘laroq Nurmagomedov professional jangchi bo‘lishini aniq bilgan.

Conor-McGregor 2

2006 - Hayotni o‘zgartirgan voqealar

Makgregor 2006 yilda professional jang qilishni tushunib etgan. Bu vaqtda u biroz santexnik kasbi bo‘yicha G‘arbiy Dublinda o‘qiydi. Aynan shuni Konorning otasi Toni xohlagan edi, ammo barchasi 18 yoshda UFC bo‘lajak jangchisi Tom Igan bilan tanishgandan so‘ng o‘zgarib ketadi. Aynan u Konor aralash yakkakurashlar mashg‘ulotlariga olib keladi. O‘shanda hammasi jiddiy boshlangan edi.

Xabib esa bu vaqtda stoykada (kaftlarga tayanib, oyoqlarni osmonga qilib turish) turishni rivojlantirish uchun jangovar sambo bilan shug‘ullangan.

2008 - Professional debyutlar

Jangchilar nafaqat bir yilda tug‘ilgan, balki professional MMAdagi debyutlari ham bir yilga to‘g‘ri kelgan. Ular o‘shanda 20 yosh bo‘lgan. Makgregor “Cage of Truth” Irlandiya Ligasi bilan shartnoma imzolaydi va u erda dastlabki 3 ta jangning bittasida litvalik Artemiy Sitenkovga mag‘lub bo‘ladi. Bu uning uchun qattiq zarba bo‘ladi, ammo faoliyatini tugatmaydi. Onasi fikridan qaytaradi. Bu Konorgacha u “Irish Ring of Trust” havaskorlar ligasida qator janglarni o‘tkazadi, biroq fakt shuki, u MMAda Nurmagomedovdan oldinroq debyut qilgan.

Xabib 2008 yili “Pankration Atrium Cup” promoushnida faoliyatini boshlaydi.

Habib 2

2012 - Xabib UFCda!

Nurmagomedovning Rossiya va Ukrainadagi g‘alabalari o‘shanda jahonda birinchi raqamli promoushn bo‘lgan UFC e’tiborini tortadi. 24 yoshida Xabibning hisobida 16 professional jang bo‘lib, u barchasida zafar quchadi (12 tasida muddatidan oldin). Jahonning eng yaxshi ligasidagi ilk jangi eronlik Kamal Shalorusga qarshi o‘tadi va u 3-raundda bo‘g‘ma usul bilan g‘alaba qozonadi.

Makgregor bu vaqtda yana Buyuk Britaniya va Irlandiyadagi “Cage Warriors” turnirlarida jang qiladi va ketma-ket 7 ta g‘alabani qo‘lga kiritib, vatanidagi eng ommaviy sportchiga aylanadi.

2013 - Makgregor va Dana Uayt uchrashuvi

2013 yili UFC boshlig‘i Dana Uayt mahalliy kollej mukofotini olish uchun Dublinga keladi. U erda barcha Makgregorni UFC oladi deb gapirishadi va Uayt unga shartnoma taklif qiladi. Konor bu tashkilotdagi debyutini Markus Brimaj (1-raundda nokaut) va Maks Xolloue (hakamlar qaroriga ko‘ra) ustidan qozonilgan g‘alabalar bilan boshlaydi.

Xabib bu yili UFCda uchta jang o‘tkazib, barchasini yutadi – Tiaga Tavares (1-raundda nokaut), Abel Truxilo va Peta Xili (hakamlar qaroriga ko‘ra). Shunday qilib, rossiyalik va irlandiyalik UFCda ko‘zga ko‘ringan sportchilarga aylanishadi.

habib Nurmagomedov

2014 - Konor yulduz, Xabib jarohat oldi

2014 yili Makgregor ajoyib natijalarga erishadi. U ikkita jangda zafar quchadi – Diego Brandao va Dastina Puare – ikkalasi ham 1-raundda nokaut bilan. Har ikki g‘alaba kechaning eng yaxshi chiqishi mukofotiga sazovor bo‘ladi. Bu Konorni UFC yulduziga va jahonning eng tomoshabop jangchisiga aylantiradi.

Nurmagomedov uchun bu yil katta o‘zgarish olib kelmadi. U promoushndagi eng yaxshi jangchilardan biri bo‘lajak UFC chempioni braziliyalik Rafael Dos Anosni mag‘lub etadi. Ammo mashg‘ulotlar vaqtida jarohat olib, bir yilga safdan chiqadi.

2015 - Konor uchun atalgan yil

2015 yil – Makgregor yili. U uchta jangni yutdi va ularning barchasi turnirning eng tomoshabop janglari bo‘ldi. Oldiniga germaniyalik Dennis Ziferni taslim qildi va yarim engil vaznda UFC chempionligi uchun kurashish huquqini qo‘lga kiritdi. U erda amerikalik Ched Mendes raqiblik qildi va 2-raundda nokautga uchradi. Yil oxirida Joze Aldodan 13-soniyada ustun kelib, kamarni himoya qildi. Bu har bir jang kechaning eng yaxshi janglari deya e’tirof etildi.

Conor-McGregor_1

Bu vaqtda Xabib esa faqat jarohatlar bilan kurashdi. U sog‘ayib, qaytishga tayyor bo‘lganda, jarohat qaytalab qoldi va 2015 yili rossiyalik sportchi oktagonga chiqmadi.

2016 - Ulkan g‘alabalar va birinchi to‘qnashuv

Bu yil Makgregor UFCda jang qilgan so‘nggi yil bo‘lib turibdi. U uchta jang o‘tkazib, ikkitasida g‘alaba qozondi, ammo Neyt Diasga mag‘lub bo‘ldi. Bu Konorning yarim o‘rta vazn toifasidagi debyuti edi. Mag‘lubiyat promoushndagi birinchisi. Birinchi raundda yaxshi harakat qilgan Konor qolgan vaqt chidab bera olmadi.

Besh oy o‘tib, Konor Diasdan barchasi uchun revansh oldi (hakamlar karoriga ko‘ra), ammo jang chempionlik uchun emasdi. Yil yakunida irlandiyalik Eddi Alvaresni nokaut qildi va boshqa oktagonga chiqmadi.

Bu yil Xabib jarohatdan UFCga qaytdi va 2 ta g‘alabaga erishdi. Jabrlanganlar Darrell Xorcher va Maykl Jonson. Birinchisini zarba bilan qulatgan bo‘lsa, ikkinchisi kurash usulida taslim etildi. Shundan so‘ng Xabib Dana Uaytdan chempionlik jangi talab qila boshladi. Konorga qarshi jang haqida o‘shanda birinchi marta gaplashgan. UFC 205 turniri oldidan jangchilar vazn tortish marosimida uchrashishgan va mushtlashuv boshlangan, ammo qo‘riqchilar bunga imkon berishmagan.

2017 - Makgregor UFCda "quruq yil"ni o‘tkazdi

Ikkala sportchi ham rejalagandan kam UFCda jang o‘tkazdi. Xabib atigi bir marta oktagonga chiqdi (30 dekabr kuni Edson Barbozani mag‘lub qildi), Konor esa yo‘q. Irlandiyalik sportchi 2017 yili "boks qoidalari bo‘yicha Floyd Meyvezer bilan jang" nomi ostidagi biznes-proekti  mashg‘ul bo‘ldi va bu tom ma’noda o‘ta muvaffaqiyatli chiqdi. Garchi jangni yutqazgan bo‘lsada, butun faoliyati davomida ishlab topganidan ko‘proq daromad qildi.

Nurmagomedov o‘sha yili 30 dekabr kuni Edson Barbosadan ustun keldi. Aprelda u Toni Fergyuson bilan uchrashishi kerak edi, ammo jang bekor qilindi. Vazn tortish marosimiga bir necha kun qolganida Xabib vazndagi muammolar sabab shifoxonaga tushib qoldi. Saunada rossiyalik sportchi qisqa muddatli xotira yo‘qolishini boshdan kechirgan. Shundan so‘ng uning jamoasi vaziyat jiddiyligini tushunishgan. Shifokorlar uni jangga qo‘yishmagan.

2018 - Xabib – chempion, avtomobillar to‘xtab turish joyidagi janjal

Nurmagomedov UFC chempioniga aylandi. Bunga reytingning 11-raqamli jangchisi El Yakvinta mag‘lub etib erishdi. Avvaliga jang Fergyusonga qarshi bo‘lishi kerak edi, ammo u jangga olti kun qolganda tizzasidan jarohat oldi. Bu ushbu sportchilar o‘rtasidagi jang to‘rtinchi marta bekor qilinishidir.

Matbuot anjumanidan so‘ng janjal yuz berdi. Avtomobillar to‘xtab turish joyidagi er osti yo‘lida Makgregor Xabib va boshqa sportchilar ketayotgan avtobusga hujum qildi. Irlandiyalik sportchi avtobusga aravachani uloqtirib, oynani sindiradi. Yakunda ikki jangchi – Maykl Kez va Rey Borg jarohat oladi.

Ushbu tomoshaning maqsadi keyinroq ma’lum bo‘ladi. Makgregor Xabib bilan hisob-kitob qilish. 26 iyul kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan sud yakuniga ko‘ra, Makgregor 5 kun axloq tuzatish ishlari va g‘azabni boshqarish kursini o‘tashga hukm qilinadi.

Tez orada 6 oktyabr kuni biz uzoq davom etgan ushbu bahsning yakuni qanday bo‘lishiga guvoh bo‘lamiz.

sport-express.ru

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!