
Bokschi qizlarimiz Qozog‘istonda ringga chiqadi
Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrida boks bo‘yicha nufuzli xalqaro turnir tashkil etiladi. Musobaqada o‘nga yaqin mamlakatdan kuchli bokschilar qatnashishi kutilmoqda.
O‘ttiz uchinchi marotaba o‘tkaziladigan an’anaviy musobaqada O‘zbekiston ayollar terma jamoasi vakillari ham ishtirok etadi.
Terma jamoa murabbiylari Dilmurod Hasanov va Kamoliddin Mutalov musobaqaga Tursunoy Rahimova, Aziza Mamirova, Yodgoroy Mirzaeva, Rayhona Qodirova, Nafisa Asqarova, Gavhar Mirzaeva kabi iste’dodli bokschilarni jalb qilgan.
Musobaqa 19-23 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar