
Lotar Matteus "Bavariya"ni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan futbolchi kimligini aytdi
Myunxenning “Bavariya” klubi afsonalaridan biri hisoblangan Lotar Matteus Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Kristian Pulishich nemis grandini yanada kuchaytirishiga ishonmoqda.
“Agar “Bavariya”ga Robben yoki Riberi kabi futbolchilarning o‘rniga munosib nomzod izlashga to‘g‘ri kelsa, u holda “Borussiya”dan Pulishichni olib kelishi kerak. U endigina 19 yoshda bo‘lishiga qaramay, yuqori saviyali futbol namoyish etmoqda. U o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchi va tezligi bilan oldiga qo‘yilgan yuqori maqsadlarga erisha oladi”, - deydi Matteus Goal internet nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar